Mavzu: Cho'lpon hayoti va ijodi. Darsning maqsadi: ta'limiy maqsad: o'quvchilarga Cho'lpon hayoti haqida ma'lumot berish, adabiy-badiiy kompetensiya elementlarini shakllantirish; tarbiyaviy maqsad: milliy istiqlol g'oyasi ruhida tarbiyalash, milliy va umummadaniy kompetensiya elementlarini shakllantirish; rivojlantiruvchi maqsad: mustaqil fikrlashga o'rgatish, o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasi elementlarini shakllantirish. Dars turi: yangi tushuncha berish. Dars metodi: Sahnada o'quvchi , FSMU Dars usuli: savol-javob, Kim tez va to'g'ri bajaradi? Dars jihozi: darslik, tarqatmalar,Cho'lpon rasmlari, slaydlar. Darsning shiori: Butun kuchni xalq ichidan olaylik, Quchoq ochib xalq ichiga boraylik! Darsning borishi: tashkiliy qism: a)salomlashish, b)davomatni aniqlash. O'qituvchi: O'quvchilar, bugungi adabiyot darsimizni noan'anaviy usulda tashkillaymiz, ya'ni darsimiz Sahnada o'quvchi deb nomlanadi. Darsni sizlar olib borasizlar, men esa sizning o'rningizni egallayman. Darsimizni boshqarib boradigan O'qituvchi-Bozorova Durdona.(Durdonaning boshiga O'qituvchi deb yozilgan yozuv taqiladi). O'qituvchi: Keling, aziz o'quvchilar, darsimizning siyosiy daqiqasi uchun tayyorlab kelingan atamalarga ta'rif berishdan boshlasak. 1-o'quvchi: DTS- o'rganiladigan bilimlarning minimum darajasi. 2-o'quvchi: Mikroskop- narsalarni tekshirish uchun,katta qilib ko'rsatadigan optic asbob. 3-o'quvchi: Kimyo-oddiy metallarni asl metallarga aylantirish tushunchasi. 4-o'quvchi: Shashmaqom - o'zbek va tojik xalqlari musiqiy merosida markaziy o'rin tutgan maqomlar turkumi. 5-o'quvchi: Kompetensiya-o'rganilgan bilim va malakalarni tanish vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyati. 6-o'quvchi: Google-eng oxirgi yirik raqam. 7-o'quvchi: Handasa-geometriya. (shu tartibda hamma fanga oid biror atamalarga izoh berishad: O'qituvchi-o'quvchi: barakalla bilimdonlar, keling, endi darsimizning o'tilgan mavzuni takrorlash qismiga navbat bersak, men o'zimga yordamchi qilib Mamajonov Shukrulloni chaqiraman. (Shukrullo boshiga O'tilgan mavzu degan yozuv taqilgan bo'ladi). O'qituvchi-o'tilgan mavzu: O'zbegimni bilay desangiz, Bilib nurga to'lay desangiz, Goh yig'lab, goh kulay desangiz, O'tgan kunlarni o'qing. 1-o'quvchi: Millatga qayg'u kulgusi, Vatabga muhabbat tuyg'usi, Zulmatdan so'ng ziyo ...

Joylangan
03 Nov 2022 | 20:32:28
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
6.5 MB
Ko'rishlar soni
556 marta
Ko'chirishlar soni
89 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:12
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
03 Nov 2022 [ 20:32 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
6.5 MB
Ko'rishlar soni
556 marta
Ko'chirishlar soni
89 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:12 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan