6-SINF MAVZU: SAID AHMAD. QOPLON HIKOYASINI O'RGANISH Ta'limiy maqsad: Adibning hayoti va ijodi haqida ma'lumot berish, o'quvchilarda badiiy asarni tahlil qilish va adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og'zaki bayon qilish, o'qish, fikrni yozma bayon qilish) ni shakllantirish va asar qahramonlar haqida mustaqil munosabat bildira olishga o'rgatish; Tarbiyaviyaviy masqad: o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda milliy va umummadaniy, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi-jamiyatda bo'layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etishga o'rgatish. Xushomandgo'ylik, laganbardorlik kabi yaramas illatlarga salbiy munosabatni shakllantirish, hamda oq'uvchilarni chin samimiy tuyg'ular sohibi etib tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad: Og'zaki nutqni va erkin fikrlashni rivojlantirish, vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo'lish, madaniy qoidalarga amal qilishga o'rgatish. Dаrsning turi: Yangi bilimlarni berish Dаrsning меtod: Ikki qismli kundalik, hikoyani to'xtab o'qish, tezkor savol-javob, bahs-munozara. Darsning jihozi: Adibning surati, asarlaridan namunalar, darslik, multimediya vositalari (videoproktor, komputer) taqdimot materiallari, darslik, turli tarqatma Mashg'ulot bosqichlari: I bosqich. Tashkiliy qism: O'quvchilarni dars jarayoniga tayyorgarligi va qiziqishini oshirish maqsadida psixologik iqlim yaratish, davomatni aniqlash. II bosqich. O'tilgan mavzuni so'rash va mustahkamlash O'tkir Hoshimov ijodini o'rganish bo'yicha o'quvchilarning olgan bilimlarini aniqlash maqsadida quyidagi ko'rinsihdagi tarqatma tarqatiladi. Barcha o'quvchilar adibning asarlari nasriy janrning qaysi turiga kirishini aniqlab belgilaydilar. Urushning so'nggi qurboni asarini yuzasidan Tezkor savol-javob tashkil etiladi. Beriladigan savollarga barcha o'quvchilarning faol javob berishlariga harakat qlish zarur. O'quvchilarga beriladigan namunaviy savollar Urushning so'nggi qurboni hikoyasing asosiy mazmuni nima haqida? Hikoyaning bosh qahramoni Shoikromning ko'ngil g'ashligi va diqqinafas holatiga nima sabab ekanligini tushuntiring. Urush odamlarni o'zgartirib yuborganligini hikoya qahramonlari so'zlari orqali ...

Joylangan
10 Nov 2022 | 21:09:48
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
4.16 MB
Ko'rishlar soni
440 marta
Ko'chirishlar soni
85 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:08
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
10 Nov 2022 [ 21:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
4.16 MB
Ko'rishlar soni
440 marta
Ko'chirishlar soni
85 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:08 ]
Arxiv ichida: pptx, docx