Sinf: 6 Fan: Adabiyot Mavzu: Abdulla Qahhor hayoti va ijodi Muallif: Turdiyeva Barno Maktab : 47-umumiy o'rta ta'lim maktabi Hudud: Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani Mavzu: Abdulla Qahhor Reja: 1. Abdulla Qahhor hayoti 2. Abdulla Qahhorning ijodi 3. Abdulla Qahhor hikoyalari haqida 4. Sinchalak qissasi haqida 5.Sarob romani haqida Ilmiy adabiyotlar Abdulla Qahhor (1907-1968) « Kuydirish uchun kuyish, ardoqlash uchun ardoqlanish shart » Abdulla Qahhor. Mohir hikoyanavis, yozuvchi va o'zbek adabiyotning atoqli namoyandasi Abdulda Qahhor 1907 yil 17 sentyabrda Qo'qonning Ko'mir bozori mahallasida temirchi oilasida tug'ildi. Yozuvchi bu haqda o'z tarjimai holida shunday yozgan: «Men 1907 yil kuzda, chorshanba kuni 17 sentyabrda Qo'qonning Ko'mir bozori mahallasida tug'ilganman. Otam temirchi edi». Uning bolaligi Qo'qon atrofidagi Yaypan, Qudash, Buvayda, Olqor, Oqqo'rg'on singari qishloqlarda o'tadi. Abdulla dastlab Buvaydadagi eski maktabda o'qiydi, keyin Oqqo'rg'ondagi jadid maktabida, Qo'qondagi internatda, 1922-24 yillar mobaynida esa Qo'qonda ochilgan o'qituvchilar tayyorlaydigan texnikumda tahsil oladi. SamDU ning tayyorlov fakultetini bitiradi va 1930 yilga qadar O'rta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakultetida o'qiydi. Umri davomida barakali ijod qildi, «Qizil O'zbekiston», «Mushtum», xotin-qizlar gazetasi «Yangi yo'l» da «Nish», «Norin Shilpiq», «Mavlono Kufur», «Guluyor», «Erkaboy», «E-boy» imzolari bilan qatnashib turgan. Chexovni o'ziga ustoz deb bilgan. Abdulla Qahhor 1968 yil 25 mayda Moskvada vafot etdi. Abdulla Qahhor Pushkinning «Kapitan qizi» qissasini, Gogolning «Uylanish» va «Revizor» komediyalarini, rafiqasi Kibriyo Qahharova bilan birga Tolstoyning «Urush va Tinchlik» asarini o'zbek tiliga o'girgan. Yozuvchi o'z tarjimai holida: «Ba'zan bularning oyog'i ostida o'ralatib, ko'nglimizni xira qilgan kimsalarga ham ko'z tashlab «Xalal berma, chetga chiq!» - deganman» - deb yozgan. Asarlari; «Qishloq ...

Joylangan
10 Nov 2022 | 21:09:48
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.42 MB
Ko'rishlar soni
231 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Nov 2022 [ 21:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.42 MB
Ko'rishlar soni
231 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:08 ]
Arxiv ichida: pptx