Mavzu: Abay Reja: 1. Abay hayoti 2. Abay ijodi 3. Uning asarlari haqida 4. «Naqliya so'zlar» hikoyasidan parchalar Foydalanilgan adabiyotlar ABAY QO'NANBOYEV (1845 - 1904) Qozoq adibi, yirik so'z san'atkori Abay 1845 yilda Qozog'istonning Semey viloyatiga qarashli Ayako'z tumanining Chingaztog' yonbag'rida joylashgan Qorauy ovulida boy xonadonda tug'ilgan. Otasi Qo'nonboy Semeyning e'tiborli boylaridan bo'lgan. Shoirning asl ismi Ibrohim bo'lib, onasi Uljon va otasining onasi Ziyrak momo tomonidan erkalanib, Abay deb chaqirilar edi. Keyinchalik bu nom shoirning taxallusiga aylanib ketdi. Abay dastlabki ma'lumotni ovulidagi mulla qo'lida oldi, 12 yoshida Orenburgdagi madrasada o'qidi. Shu davrdan boshlab u she'rlar yoza boshlagan, lekin otasidan cho'chib, she'rlarini hech kimga ko'rsatmaydi. Abay 35 yoshlarida adabiyotga qaytadan kiradi, lekin bu davrda ham she'rlarini do'stlarining nomidan chop ettirib yurdi. 1886 yilda «Yoz» she'rini birinchi marta o'z imzosi bilan e'lon qilgan. Buyuk shoir o'z ijodida Yassaviy, Navoiy, Fuzuliy an'analarini davom ettirgan, Pushkin, Lermontov asarlarini qozoq tiliga tarjima qilgan. U 1904 yil 6 iyulda vafot etdi. Abay insonni komil ko'rishni istardi, turkiy xalqlar tarixini yaxshi biladigan mutafakkir edi. U Navoiyni o'zining buyuk ustozi deb bilgan. Asarlari: «Iskandar», «Mas'ud» dostonlari, «Qorako'z» falsafiy didaktik asari, «Qish», «Burgutchi», «Kuz» kabi she'rlari, «Azim kissasi» dostoni, «Naqliya so'zlar» (44 hikoyatdan iborat) majmuasi va boshq. Oltinchi so'z Qozoqlarda: «Hunarning boshi birlikda, rizqning boshi tiriklikda» degan maqol bor. Ammo ular: bunday birlik qanday elda qanday qilsa bo'ladi - buni bilishmaydi. Ular: ot o'rtada, osh o'rtada, kiyim o'rtada, boylik o'rtada bo'lsa ekan, deb o'ylashadi. Unday bo'lsa - boylikdan nima foyda-yu, kambag'allikdan nima ziyon? Unday bo'lsa oshna-og'ayning yo'qolmay turib, mol ...

Joylangan
10 Nov 2022 | 21:09:48
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
3.37 MB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:08
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
10 Nov 2022 [ 21:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
3.37 MB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:08 ]
Arxiv ichida: pptx, docx