6-sinf Adabiyot fanidan Zulfiya hayoti va ijodi dars ishlanma va taqdimotlar

6-sinf Adabiyot fanidan Zulfiya hayoti va ijodi dars ishlanma va taqdimotlar

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Adabiyot fanidan Zulfiya hayoti va ijodi dars ishlanma va taqdimotlar - rasmi

Material tavsifi

Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani 47-umumiy o'rta ta'lim maktabining Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi KARIMOVA SHIRINning 6-sinflarda Zulfiya -tong kuychisi mavzusida tayyorlagan bir soatlik DARS ISHLANMASI Zulfiya - tong kuychisi Zulfiya 1915-yil 1-martda Toshkentdagi O'qchi mahallasida hunarmand oilasida tug'ildi. U boshlang'ich maktabni tugatib, Toshkent xotin-qizlar pedagogika bilim yurtiga o'qishga kiradi. Ana shu yillardan boshlab Zulfiyaning adabiyotga bo'lgan qiziqishi yanada ortdi. Adabiyot to'garaklariga qatnashib, she'rlar yoza boshlaydi. Yosh shoiraning Men ishchi qiz deb nomlangan birinchi she'ri Ishchi gazetasining 1931-yil 17-iyul sonida e'lon qilindi. 1932-yilda esa birinchi she'rlar to'plami- Hayot varaqlari chop etildi. Bog'lar qiyg'os gulda-yaxlit bir chaman, Har daraxt anvoyi bir tarovatda. Bir kaft bog' mehnat-u hosilga vatan, O'zga ko'rk, o'zga rang har bir daraxtda. Har navda bir gulda, har gulda bir ro'y, Har daraxt bargi bir dunyo hikoya. Har birin hosili o'zgasiga ko'rk, Biri-biri uchun qudrat, himoya… Zulfiya ijodiy kamolotida o'zbek she'riyatining yorqin yulduzlaridan biri Hamid Olimjon ning ta'siri katta bo'ladi. Shoira Hamid Olimjon haqida shunday deydi: Ko'p o'tmay hayot menga yanada talabchan va qattiqqo'l muharrirni bahsh etdi. Hamid Olimjon… qalbim va ruhimga uyg'un hamrohim va sezgir maslahatchim ham edi. Men undan fikrlashni, mehnat qilishni va she'r yozishni o'rgandim, uning ijod maktabida ta'lim oldim. Hayot kitobimni bexos varaqlab, Men o'tgan umrga achinmay qo'ydim. Tabassum o'rnida kuldim charaqlab, Suyish kerak bo'lsa , telbacha suydim. Ushbu she'r shoira Zulfiyaning matonatli, sabr-bardoshi yanglig' jaranglaydi. Chunki ayni navqiron yoshida turmush o'rtog'idan ayrilgan shoira o'tayotgan yillarning har kim ham ko'tarishga qodir bo'lmagandardlarini yelkasiga yuklash bilan birga bu yillarni mazmun-mohiyat-la sadoqat, mehnat va ijodning har kimning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 15.25 MB
Ko'rishlar soni 379 marta
Ko'chirishlar soni 59 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:08 Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 15.25 MB
Ko'rishlar soni 379 marta
Ko'chirishlar soni 59 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, docx
Tepaga