Sana: Sinf: 6 Fan: adabiyot Mavzu: O'tkir Hoshimovning Urushning so'nggi qurboni hikoyasi matni ustida ishlash Maqsad: a) ta'limiy maqsad: Urushning so'nggi qurboni hikoyasi haqida tushuncha hosil qilish va asarni tahlil qilish usullarini o'rgatish; b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarga onaga bo'lgan muhabbatni uyg'otish bilan birga ona Vatanga, oilaga bo'lgan sadoqat tuyg'ularini shakllantirish; d) rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish, umummadaniy, kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o'z - o'zini rivojlantirish kompetensiyalarini rivojlantirish. Dars turi: yangi bilim beruvchi va o'rganilgan bilimlarni mustahkamlovchi Darsda foydalaniladigan metodlar: Aqlli svetofor, Myunsterberg, Aqliy hujum, Tchizmasi, Muammoli ta'lim, Ven diagrammasi, Qarsak metodi, Charxpalak metodi, Ezgu fikr, ezgu so'z metodi Dars jihozi: 6 - sinf adabiyot darsligi, O'tkir Hoshimov portreti, Urushning so'nggi qurboni hikoyasi, A 3 qog'oz, markerlar, rangli qog'oz, skotch, ona surati, test banki, svetofor maketi, noutbuk, ekran, proyektor, Dars muqaddas ko'rgazmasi, ovoz kuchaytirgich, ko'rsatkich, disk. Dars jarayoni tashkiliy qism a) salomlashish Assalomu alaykum! Good morning! b) davomatni aniqlash d) o'quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish e) Ezgu so'z, ezgu fikr O'qituvchi ezgu so'z, ezgu fikrning inson hayotidagi ahamiyatini aytadi. So'ngra bir kitobni olib, ezgu fazilat nomini aytadi va kitobni bir o'quvchiga beradi. Shu tarzda sinfdagi barcha o'quvchilar insonlarga xos bo'lgan fazilatlarni sanab, kitobni bir - birlariga taqdim etishadi. O'qituvchi: O'quvchilar, kelajakda ezgu fikr va so'zlarga erishmoqchi, qalbingizni shu tuyg'ular bilan bezamoqchi bo'lsangiz, albatta, kitob mutolaa qiling. Zero, kitob bitmas - tuganmas xazinadir. Darsimizning shiori: Dars muqaddas O'qituvchi: Dars muqaddas ekanligin doim yodda tutingiz Shogirdlarim har bir darsni intiq bo'lib kutingiz. Bilim olish bebahodir, o'rganishga ...

Joylangan
10 Nov 2022 | 21:09:48
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
5.36 MB
Ko'rishlar soni
795 marta
Ko'chirishlar soni
198 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:08
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
10 Nov 2022 [ 21:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
5.36 MB
Ko'rishlar soni
795 marta
Ko'chirishlar soni
198 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:08 ]
Arxiv ichida: pptx, docx