Ta'limiy maqsad: A.Navoiyning hayoti va ijodi bilan tanishtirish. Asalaridan olingan parchalar ma'nosini tushuntirish she'riy misralarni yod olish va ifodali ijro etish. Tarbiyaviy maqsad: Buyuk allomalrga, ularning asarlariga va hayotiga nisbatan qiziqish uyg'otish, ular bilan faxrlanish hissini tarbiyalash. Yod olingan asarlardan odob-axloq, komillik,o'zlikni anglash, vatanparvarlik haqida tushunchalarga ega bo'liish. Alisher Navoiy ijodi va hayotiga nisbatan qiziqishni oshirish. Rivojlantiruvchi maqsad : Hazrati Navoiyning hayotida bo'lib o'tgan qiyinchiliklar bilan tanishtirish. Do'stlik va hiyonat, ko'rolmaslik va bahllik orqali kishilarga zaraz keltirish mumkinligi haqida va yaxshilik, ezgulik, aql-idrok doim g'olb bolishi haqidagi tushunchalarini rivojlantirish. Mavzu : Alisher Navoiyning hikmatli so'zlarining ta'limiy, tarbiyaviy ahamiyati Darsning turi : yangi bilim beruvchi Darsning usuli: savol-javob Darsning jihozi: darslik , mavzuga oid qo'llanmalardan foydalanish, rasmlar va gazetaiar. Darsning borishi: 1 tashkiliy qism. a)Salomlashish b) davomatni aniqlash II.O'tilgan mavzuni mustahkamlash Shoirning haqiqiy ismini aytib bering. Uning yana boshqa taxallusi bo'lganmi? U Sa'diyning qaysi asarlarini yoshlik paytida o'qigan? Yosh Alisherning iste'dodiga qiziqqan va unga katta baho bergan shoir kim? Alisher Navoiy necha yoshlaridan she'r yoza boshlagan va necha yoshida shoir sifatida keng tanilgan? Navoiyning Xamsasiga qanday asarlar kiradi? Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Shoxruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tug'ildi. Uning otasi G'iyosiddin Muhammad temuriylar saroyining amaldorlaridan, onasi esa amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo'lgan. Alisherning bobosi Temurning o'g'li Umarshayx bilan emikdosh bo'lgan. Alisher Navoiy 7-8 yoshidan she'r yoza boshlaydi va o'zbekcha she'rlariga Navoiy, forscha she'rlariga Foniy deb taxallus qo'yadi. 15 yoshlarida Lutfiy xizmatiga boradi. Shoirning ikkinchi devoni qaysi va qachon yozgan? Navoiyning ilk devoni qaysi. Navoiyning Xazoyin ul-maoniy devoni necha qismdan iborat? ...

Joylangan
10 Nov 2022 | 21:09:48
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.16 MB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Nov 2022 [ 21:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.16 MB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:08 ]
Arxiv ichida: pptx