Darsning texnologik xaritasi Darsning mavzu : Mirtemirning Bu - men tug'ilgan tuproq she'ri. Darsning maqsadi : Ta'limiy maqsad : o'quvchilarning Mirtemir hayoti va ijodi yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash hamda Bu - men tug'ilgan tuproq she'rini o'qib - o'rganish asnosida shoir kechinmalarini tahlil qilishga o'rgatish; Tarbiyaviy maqsad : shoir ijodidan bahramand etish orqali o'quvchilarni insoniylik ruhida tarbiyalash, ularda ona Vatanga muhabbat tuyg'usini shakllantirish, mehr va sadoqat hissini singdirish; Rivojlantiruvchi maqsad : o'quvchilarning og'zaki nutq malakalarini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil fikrlashga o'rgatish, o'quvchi shaxsiyatida she'riyatga, Vatanga muhabbat hissini kuchaytirish. Dars turi : yangi bilim beruvchi. Dars usuli : taqdimot, intervyu,Klaster, Imkoniyat katakchasi,Blits, Davriy jadvalni bilasizmi?. Dars shakli : yakka tartibda va guruhlarda ishlash. Dars jihozi : darslik , tarqatmalar , kompyuter, videoproyektor. Fanlararo bog'lanish : ona tili, kimyo. geografiya , tarix, Vatan tuyg'usi. Darsning borishi: I. tashkiliy qism: salomlashish; darsni aniqlash; O'quvchi: Fanlar ichra yagona, Yomonlikdan begona. O'qib ortar odobim, Adabiyot kitobim. Bizga ta'lim berguvchi Ustozimiz ulug' zot, Kelajakka eltuvchi Darsimizdir adabiyot. Davomatni aniqlash; Navbatchi : Bugun darsda hamma bor, (Bugun darsda…yo'q, Qolgan hamma shu yerda.) Qalblarda doim bahor. Darsga shaymiz biz tayyor, Omad bizga doim yor. Guruhlarga bo'linish : Guruh: Mehr guruhi Guruh: Vafo guruhi Guruh: Sadoqat guruhi Shundan so'ng guruhlar taqdimoti o'tkaziladi. Bunda har bir guruh o'z nomini she'r orqali sharhlaydi. Guruhlar taqdimoti o'tkazib bo'lingach, siyosiy sharhlovchi intervyu metodi orqali har bir guruh a'zolariga yuzlanib, ulardan shu kecha - kunduzda yurtimizda bo'layotgan siyosiy jarayon haqida fikr bildirishlarini so'raydi. II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash : Bunda Davriy sistemani bilasizmi? ...

Joylangan
14 Nov 2022 | 12:30:38
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
69.09 KB
Ko'rishlar soni
285 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 Nov 2022 [ 12:30 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
69.09 KB
Ko'rishlar soni
285 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:12 ]
Arxiv ichida: docx