7-sinf Adabiyot fanidan Abdulla Qahhor Dahshat hikoyasi dars ishlanmalar va dars taqdimotlar
Qashqadaryo viloyati, G'uzor tumani, xalq ta'limi bo'limiga qarashli 47-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Turdiyeva Barnoning adabiyot fanidan 7-sinflar uchun bir soatlik dars ishlanmasi Mavzu: Abdulla Qahhorning Dahshat hikoyasini o'rganish. Darsning maqsadi: a) ta'limiy maqsad: Dahshat hikoyasini o'qish hikoya matni ustida ishlash, o'quvchilarning hikoya asosida olgan bilimlarini mustahkamlash; b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarda o'zaro hamkorlik tuyg'ularini shakllantirish, ularning ongiga mardlik, sadoqat, ezgulik kabi fazilatlarni singdirish, har tomonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyalash; d) rivojlantiruvchi maqsad: og'zaki nutq malakalarini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish insoniy fazilatlarini rivojlantirish va mantiqiy fikrlashga o'rgatish. Dars turi: umumlashtiruvchi, yangi tushuncha , bilimlarni shakllantiruvchi Darsda foydalaniladigan usullar: Tilsim, Ma'lumotlar sandig'i, Aql charxi. Darsda foydalaniladigan jihozlar: A.Qahhor portreti, adibning hikoyalari to'plami. a) internet ma'lumotlari slaydlar, oq qog'ozlar , kompyuter, proyektor, kitoblar, tarqatmalar, rag'bat kartochkalari. Fanlararo bog'lanish: milliy istiqlol g'oyasi, tarix, musiqa, tabiat, tasviriy san'at, geografiya. Shakllantiriladigan kompetensiyalar: axborot bilan ishlash, o'z-o'zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, adabiy-nutqiy, badiiy asarni tahlil qilish kompotensiyalari. Darsning borishi: I. tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2. Navbatchi o'quvchi yordamida davomatni aniqlash. 3. Sinf xonasining tozaligini tekshirish. Darsning shiori: A'lo mamlakatning a'lo farzandi, Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi. Darsning rejasi: 1. Takrorlash - bilimlarning onasi. 2. Dahshat hikoyasining mavzu va g'oyasi. 3. Dodhoning xotinlariga munosabati. 4. Unsin - zamona qurboni. 5. Asardan olgan taassurotlar. O'qituvchi: Bog' ichida, gulg'unchalar salom sizga Qo'ydingizni daftar kitob oldingizga Sabog'ingiz olmoq uchun keldingizmi Tayyormisiz adabiyot darsimizga? O'quvchilar: Salom sizga, aziz ustoz, Ilm olmoq qanday soz. O'qituvchi: Vaalaykum assalom, qani o'tiring, Qaddingizni rostlang biroz, Qancha o'rgansangiz, shuncha oz, Bugun ilm ...