7-sinf Аdabiyot 3 - chorak Mavzu: Alisher Navoiyning Sab'ai sayyordostonidagi Mehr va Suhayl hikoyatini o'rganish. Darsning maqsadi: - o'quvchilarni yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ma'naviy dunyolarini kengaytirish. - asar matni bilan tanishtirish, tahlil qilishga o'rgatish. - o'quvchilar qalbida ezgu insoniy sifatlarni, milliy qadriyatlarni tarkib toptirish. Darsning metodi: ilg'or pedagogik texnologiyaning interfaol usuli, suhbat, savol- javob. Darsning jihozi: darslik, Navoiy asarlari lug'ati, Sab'ai sayyor asari, doston matni va qahramonlar tavsifi bo'yicha slaydlar va videoproektor. Darsning borishi: Uy vazifasini so'rash va mustahkamlash. Yangi mavzu bayoni. «Sab'ai sayyor» dostoni haqida ma'lumot Hikoyat matni ustida ishlash. Lug'at ustida ishlash. Qiyin so'zlar izohi. Guruhlarda ishlash. Fikrlar himoyasi. Savol va topshiriqlar asjsida ishlash. Mustahkamlash. Uyga vazifa. Dasturda mazkur mavzuga ajratilgan 4 soat davomida «Sab'ai sayyor» dostonidan olingan kattagina parcha o'qib, tahlil qilinadi. Sab'ai sayyor dostonini o'rganish uchun ajratilgan dastlabki ikki soatda hikoya matni ustida ishlab, uchinchi soatda tahlil qilinib, to'rtinchi soatda bahs-munozara o'tkazilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Dostondan olingan parcha o'qituvchi tomonidan o'ziga muvofiq tarzda uchga bo'linib, har bir bo'lak matn uchun alohida savol va topshiriqlar ishlanishi maqsadga muvofiq bo'ladi. O'qituvchi har bir bo'limni o'rgatishga bir soatdan vaqt sarflaydi va oxirgi soatda dostonning umumiy matni tahlili hamda hazrati Navoiy ijodi bo'yicha o'rgatilganlar yuzasidan munozara tashkil etiladi. «Sab'ai sayyor» dostoni haqida ma'lumot beriladi. Bunda Navoiyning «Sab'ai sayyor» dostoni «Xamsa»ning to'rtinchi dostoni ekanligi, u o'ziga xos usulda, hikoya ichida hikoya tarzida bitilganligi, mazkur hikoya shunday hikoyalardan biri ekanligi kabi jihatlarga e'tibor qaratadi. Qiyin so'zlar izohlanib, ma'nosi anglatiladi. Matn ustida ishlash. Matnning birinchi soatga mo'ljallangan qismi o'qituvchi tomonidan qiroat bilan ...

Joylangan
14 Nov 2022 | 12:30:38
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
510.74 KB
Ko'rishlar soni
347 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 Nov 2022 [ 12:30 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
510.74 KB
Ko'rishlar soni
347 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:12 ]
Arxiv ichida: docx