O'zbеkiston Rеspublikasi xalq ta'lim vazirligi surxondaryo viloyat sHO'RCHI TUMANI xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limIGA QARASHLI 27- UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI ONA TILI VA ADABIYOTI FANI O'QITUVCHISI Xo'janazarova MuhabbatNING 7-SINF ADABIYOT FANIDAN Abdulla Qodiriyning Mehrobdan chayon romanini o'rganish MAVZUSIDAGI Sana: Sinf: 7 Mavzu: Abdulla Qodiriyning Mehrobdan chayon romanini o'rganish Darsning maqsadi: 1.Ta'limiy: O'quvchilarda Mehrobdan chayon asarining yozilish tarixi haqida, uning bosh timsoli bo'lgan Mirzo Anvar haqida tushunchalar hosil qilish; 2.Tarbiyaviy: O'quvchilar ongiga tinimsiz o'qib-izlanish natijasida yuksak marralarga erishish va ushbu yo'lda uchragan qiyinchiliklardan cho'chimaslik kabi xislatlarni singdirish; 3.Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni o'qib-eshitganlaridan xulosalar chiqarishga, ijodiy fikrlashga o'rgatish. Darsning turi: yangi bilim beruvchi. Darsning usuli: muammoli vaziyat, Teskari test, Besh bo'lakli matn, Klaster usuli, guruhlarda ishlash. Darsda foydalaniladigan jihozlar: 7-sinf Adabiyotdarsligi, Abdull Qodiriy portreti, Mehrobdan chayon asari, markerlar, oq qog'ozlar, rag'bat kartochkalari. Darsning texnologik xaritasi Darsning borishi: I. Tashkiliy qism : a) salomlashish; b)navbatchi o'quvchi hisoboti tinglanadi; d) siyosiy va ma'naviy daqiqalar o'tkaziladi; II. O'tilgan mavzuni baholash: Dars adib Abdulla Qodiriyning quyidagi so'zlari bilan boshlanadi: So'zim oxirida odil sudlardan so'rayman: garchi men turli bo'hton,shaxsiyat va soxtalar bilan ikkinchi oqlanmaydurg'on bo'lib qoralandim. Loaqal ularning, qoralovchi qora ko'zlarning ko'ngli uchun bo'lsa ham menga eng oliy bo'lg'on jazoni bera ko'ringiz. Ko'nglida shamsi g'uboroti teskarichilik maqsadi bo'lmag'on sodda, vijdonli yigitga bu qadar xo'rlikdan o'lim tansiqroqdir. Bir necha shaxslarning orzusicha ma'naviy o'lim bilan o'ldirildim. Endi jismoniy o'lim menga qo'rqinch emasdir. Odil sudlardan men shuni kutaman va shuni so'rayman. 1926- yil 15-iyun, Samarqand. (A.Qodiriyning suddagi nutqidan) (Ushbu matn monitorda ko'rsatiladi). Ushbu matn yuzasidan ...

Joylangan
14 Nov 2022 | 12:30:38
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
1.58 MB
Ko'rishlar soni
1578 marta
Ko'chirishlar soni
899 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:12
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
14 Nov 2022 [ 12:30 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
1.58 MB
Ko'rishlar soni
1578 marta
Ko'chirishlar soni
899 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:12 ]
Arxiv ichida: pptx, docx