8-sinf Adabiyot fanidan Zahiriddin Muhammad Bobur dars ishlanmasi

8-sinf Adabiyot fanidan Zahiriddin Muhammad Bobur dars ishlanmasi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Adabiyot fanidan Zahiriddin Muhammad Bobur dars ishlanmasi - rasmi

Material tavsifi

8-sinf 1-chorak 4-mavzu. Zahiriddin muhammad Bobur-buyuk davlat arbobi va mutafakkir Darsning maqsadi: Zahiriddin Muhammad Boburning tarix maydonida paydo bo'lishi, Shayboniyxonga qarshi kurashlari va Boburiylar saltanatiga asos solishi hamda buyuk shoir ekanligi, Hindistonday ulkan mamlakatni birlashtirib, uning vorislari tomonidan salkam 3,5 asr boshqarilganligi, Boburiylar davrida Hindiston gullab-yashnaganligi, go'zal memoriy obidalar qurilganligi to'g'risida bilimlar berish Darsning vazifalari: Mardlik, vatanparvarlik eng yuksak fazilat ekanligi, ona yurtni, muqaddas Vatanni qadrlash tuyg'ularini shakllantirish; Buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodini tushuntirish orqali o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini hosil qilish. Darsning jihozlanishi va darsga hozirlik ko'rish 1.Darslik, qo'shimcha adabiyot (Boburnoma asari) 2.Dunyo va O'zbekiston xaritasi 3.Tarqatma materiallar: (topshiriqlar yozilgan kartochkalar) (ilova qilinadi) 4. Sinf xonasini guruhlarga ishlashga tayyorlash(sinf o'quvchilarining soniga qarab 4, 5 guruhga bo'lib, stollarni qo'yib chiqish) 5. Guruhlarni baholash uchun har bir o'quvchiga quyidagicha jadval tayyorlanadi: Izoh: to'g'ri va noto'g'ri javoblar soni belgilanadi Dars turi: Aralash Dars jarayonida qo'llaniluvchi metodlar: Kichik ma'ruza, Bingo , guruhlarda ishlash metodlari. Sinfni guruhlar bilan ishlashga tayyorlash O'quvchilarni guruhlarda ishlashga tayyorlash uchun dars boshlanishidan avval ularga Bobur ruboiylari va g'azallari (ruboiy va g'azallar ilova qilinadi-2 qatordan) yozilgan kartochkalar tayyorlanadi. Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlik hargiz, Har kimki yomon bo'lsa jazo topqusidir. Jahondin menga g'am bo'lsa, ulusdin gar alam bo'lsa, Ne g'am yuz muncha ham bo'lsa, seningdek g'amguzorim bor. Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim, Ko'nglimdin o'zga mahrami asror topmadim. Manga osondurur bo'lsa, agar yuz ming tuman dushman, Vale bo'lmak jahonda, ey ko'ngil, beyor mushkuldur. O'quvchilar g'azallar yozilgan kartochkalarni tanlab olib, xuddi shunday g'azallar yozilgan kartochka qo'yilgan stolga borib o'tiradilar. Darsning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.26 MB
Ko'rishlar soni 259 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:18 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.26 MB
Ko'rishlar soni 259 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga