8-sinf Adabiyot fanidan Alisher Navoiy - ulug' shoir dars taqdimoti

8-sinf Adabiyot fanidan Alisher Navoiy - ulug' shoir dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Adabiyot fanidan Alisher Navoiy - ulug' shoir dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Besh asrkim , nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher. Temur tig'i yetmagan joyni, Qalam bilan oldi Alisher. Adabiyot ,so'z san'ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo'lib keladi. O'zbek adabiyotining asoschisi , shoir,olim , ma'rifatparvar , faylasuf,musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tavallud topgan. Alisher Navoiy 4 yoshida maktabga borib , turkiy va forsiy tilda she'rlar yod ola boshlagan. 10-12 yoshlarida she'rlar yoza boshlagan , 15 yoshida shoir sifatida keng tanilgan. Alisher Navoiy 2 tilda ijod qilar turkiyda yozgan she'rlariga Navoiy, forsiyda yozgan she'rlariga Foniy deb taxallus qo'yar edi. Ulug' qalam sonibi bir necha yil Husayn Boyqaro saroyida oliy martabali lavozimlarda (bosh vazir) xizmatda bo'ldi. Unga Husayn Boyqaro Muqarrabi shohiy, ya'ni shohning eng yaqin kishisi martabasini bergan edi. Bu sharafli martabaning hukmdor oldidagi imtiyozi shunda ediki,u podshohga bir masala yuzasidan ketma-ket yetti martagacha murojaat qilish huquqiga ega edi. O'zbek tilida birinchi marotaba yaratilgan Alisher Navoiy Xamsasi bu tilning cheksiz imkoniyatlarini amalda isbot etdi. Ulug' shoirning shoh asari Xamsa besh dostondan iborat. (1483-1485 yillar) 5.Saddi Iskandariy1485-yil 3.Layli va Majnun1484-yil 4.Sab'ayi sayyor 1485-yil 1.Hayratul abror 1483 yil 2.Farhod va Shirin 1484-yil Uning nomi bilan atalgan Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti Keyingi yillarda Tokio,Moskva va Boku shahrlarida o'zbek shoiri haykali qad rostladi. Viloyat,shahar, metro bekati,maktab, ko'chalar,jamoa xo'jaliklari,mahallalarga uning nomi berilgan. Mamlakatimiz poytaxtidagi O'zbekiston Milliy bog'i da Alisher Navoiyning ulug'vor haykali qad rostlab turibdi. Oliy o'quv yurti bakalavr va magistrlarining eng iqtidorli talabalri uchun Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi mavjud. Toshkentdagi Katta akademik opera va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.48 MB
Ko'rishlar soni 201 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.48 MB
Ko'rishlar soni 201 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga