Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874) Ogahiy 1809- yili 17- dekabrda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog'ida Erniyozbek mirob oilasida tavallud topdi. Shu yerda boshlang'ich ma'lumotni oladi. Yoshligida otasi vafot etib, adabiyotimizning yana bir yorqin siymosi bo'lmishamakisi Munisning tarbiyasida bo'ldi. Mirob shoir Muhammad Rizo maktab, keyinchalikmadrasa tahsili davomida arab va fors tillarini, tarix ilmini puxta o'rgandi. 1829- yilda Munis vafot etgach, hukmdor Olloqulixon uning o'rniga Ogahiyni mirob etib tayinlaydi. Mirob - suv ishlari boshqaruvchisi. Bilasizmi? Tarixnavis olim Saroy tarixchisi vazifasini ham olib borayotgan Ogahiy 1839- yilda Munis boshlab qo'ygan Firdavs ul-iqbol (Iqbol bog'i) asarini davom ettirib, Xiva xonligining 1825- yilgacha bo'lgan tarixini yozib tugatdi. 1844- yilda xonlik tarixini shu yilgacha bo'lgan voqealarini o'z ichiga olgan Riyoz ud-davla (Saodat bog'lari) kitobini tamomladi. 1846- yilda Zubdat ul-tavorix (Tarixlar qaymog'i); 1847-1855- yillarda esa Jome' ul-voqeoti sultoniy (Sultonlik voqealarining yig'indisi) tarixiy asarlarini yozdi. XIX asrning 60-yillarida Gulshani davlat va Shohidi iqbol (Baxt shohidi) tarixiy asarlarini yozdi. Mohir tarjimon «Ravzat us-safo» (Mirxond); «Tarixi jahonkushoyi Nodiriy» (Muhammad Maxdiy Astrobodiy); «Badoe' ul-vaqoe'» (3. Vosifiy); «Miftoh ut-tolibin» (Mahmud binni SHayx Ali G'ijduvoniy); «Tabaqoti Akbarshohiy» (Muhammad Muqim Hirotiy); «Tazkirai Muqimxoniy» (Muhammad YUsuf Munshiy); «Ravzat us-safoyi Nosiriy» (Rizoqulixon Hidoyat); «Axloqi Muhsiniy» (Koshifiy); «Qobusnoma» (Kaykavus); «Zubdat ul-hikoyot», «SHarhi daloil ul-hayrat» (Muhammad Voris); «Guliston» (Sa'diy); «Yusuf va Zulayho» (Jomiy); «Shoh va gado» (Hiloliy); «Haft paykar» (Nizomiy) va boshqa tarixiy-badiiy asarlarni fors tilidan o'zbekchaga tar-jima qilgan. Ta'viz ul-oshiqin devoni Ta'viz ul-oshiqin - Oshiqlar tumori degani. Devon ma'rifatparvar shoh va shoir Feruz - Muhammad Rahimxon II ning taklifi va talabi bilan 1872-yilda tuzilgan. Devon hajmi Devon an'anaviy tartibda ...

Joylangan
14 Nov 2022 | 16:39:06
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.37 MB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 Nov 2022 [ 16:39 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.37 MB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx