Namangan tuman 25-sonli umumta'lim maktabida ona tili va adabiyot fanidan tayanch maktabi harakatdagi seminar mashg'uloti DARS ISHLANMASI Trener: Sayyora Sulaymanova Mavzu: Didaktik adabiyot haqida tushuncha Yusuf xos hojib (8-10-sinf darsliklari asosida) MASHG'ULOT MAQSADI: Didaktik adabiyot haqida tushuncha mavzusi bo'yicha o'qituvchilarga metodik yordam berish; -Darsni yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar asosida o'quvchilar ongiga yetkazish bo'yicha tavsiyalar berish; - o'quvchilarni mumtoz adabiyot qiziqishlarini orttirish, yozma va og'zaki nutqlarini rivojlantirishda adabiyot darslarining ahamiyatini oshirish usullari. - Darslarda vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy qadriyatlarini ulug'lash va odob-axloq tarbiyasini berishga e'tibor qaratish. Mashg'ulot jihozi: videoproyektor, slaydlar, tarqatma, marker, jadvallar. Mashg'ulot turi: nazariy va amaliy. Mashg'ulotda foydalaniladigan usullar: Muqobillarning eng maqbuli, Qisqa sharh, T chizmasi, Mashg'ulotning boriishi: tashkiliy qism: SIYOSIY BILIMLARIMIZNI OSHIRAMIZ MUQOBILLARNING ENG MAQBULI to'g'ri javoblarni topish usuli TRENER MA'RUZASI «Beklikka loyiq bek qanday bo'lishini aytadi» qismi asarning 31-bobi bo'lib kelgan. Unda jamiyatni boshqarish uchun hukmdorga, ya'ni bekka muhtojlik borligidan kelib chiqib, shoir beklikka loyiq shaxsda qanday insoniy fazilatlar shakllangan bo'lishi lozimligi masalasini atroflicha badiiy-axloqiy tadqiq va tahlil qiladi. Bob, odatdagidek, savol-javob tarzida davom etadi. Elig, ya'ni Kuntug'di vaziri bo'lmish O'gdulmishdan beklikka loyiq shaxs qanday fazilatlarga ega bo'lmog'i kerakligi haqida so'raydi: u qanday qilsa, yosh-u qari, bo-yu kambag'al, bilimli-yu bilimsiz - barchaga barobar siyosat yurita oladi, el-yurt orasida nom chiqaradi, xalqi to'q yashaydi, jahonga ovozasi tarqaydi, davlati ziyoda bo'ladi, bu olamdan o'tgach, u dunyoligini ham topadi?. Bundan ming yilcha burun o'rtaga qo'yilgan bu savollar hozir ham ahamiyatini aslo yo'qotgani yo'q. Chunki jamiyatni boshqarish ehtiyoji mavjud ekan, rahbar ma'naviyati masalasi kun tartibidan tushmay kelaveradi. Endi O'gdulmishning javoblari ...

Joylangan
14 Nov 2022 | 16:39:06
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
1.5 MB
Ko'rishlar soni
244 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
14 Nov 2022 [ 16:39 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
1.5 MB
Ko'rishlar soni
244 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx, docx