8-sinf Adabiyot fanidan Mavlono Lutfiy mavzuda dars taqdimoti

8-sinf Adabiyot fanidan Mavlono Lutfiy mavzuda dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Adabiyot fanidan Mavlono Lutfiy mavzuda dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

MAVLONO LUTFIY (1366 -1465) Lutfiy - XV asr ikkinchi yarmigacha bo'lgan o'zbek adabiyotining eng mashhur lirik shoiri. Shuning uchun ham zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni «malik ul-kalom», ya'ni «so'z podshosi» deb e'zozlagan. Manbalarda taxallusi oldidan «ulug' ustod» ma'nosidagi «Mavlono» sifatining qo'shib tilga olinishi ham shundan. Milodiy 1366-yili tug'ilib, 1465-yili vafot etgan. Alisher Navoiy «Majolis un-nafois» tazkirasida yozadi: «Mavlono Lutfiy o'z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo'q erdi va turkcha devoni mashhurdur». Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat» degan avliyolar to'g'risidagi tazkirasida esa Lutfiyning uzoq umr ko'rgani va qabri haqida qimmatli ma'lumot beriladi: «To'qson to'qqiz yoshida olamdin o'tdi. Qabri Dehikanordadur, o'z maskani erdi». Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi xalqaro jamg'arma uyushtirgan ilmiy-ijodiy ekspeditsiya a'zolari aynan shu ko'rsatma asosida Dehikanor qishlog'ini, u yerdagi qabristondan Lutfiyning qabrini izladi va topdi. Qabr toshidagi yozuv orqali bu aynan Lutfiyning mozori ekani isbotlandi. Jamg'arma 2006-yilning may oyida bu muqaddas qadamjoga o'zbek milliy an'analari asosida maqbara o'rnatib qaytdi. Sharafiddin Ali Yazdiyning 1437-yilda bitgan Zafarnoma asarini Shohruh Mirzoning taklifi bilan o'zbekchaga she'riy yo'lda tarjima qilgan. She'riy yo'lda qilingan bu tarjimaning ko'lamini zamondoshlari 10.00 baytdan ortiqroq deb ko'rsatadilar. Ayrim manbalarda uning yigirmadan ortiq asar yozgani haqida ma'lumot beriladi. Lekin hozircha Devonidan boshqa kitobi qo'limizda yo'q. SHOIRNING DEVONI Shoir devonining turli davrlarda ko'chirilgan qo'lyozmalari dunyoning har xil kutubxonalarida saqlanadi. Eng qadimgisi 1511-yilda Hirotda ko'chirilgan bo'lib, Londonda, Britaniya muzeyida saqlanmoqda XIX-XX asrlarda ko'chirilgan ko'plab nusxalari O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti Qo'lyozmalar fondida saqlanadi. She'rlarining soni- turli nusxalarda turlicha. Lekin ular mutaxassislar tomonidan solishtirib o'rganilgan va bir ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.76 MB
Ko'rishlar soni 274 marta
Ko'chirishlar soni 43 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.76 MB
Ko'rishlar soni 274 marta
Ko'chirishlar soni 43 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga