Bobur lirikasi O'qituvchi: BOBUR LIRIKASI Kirish. Bobur - dilbar shaxs. Hayoti va ijodiy merosi. Bobur she'riyati. Bobur g'azaliyoti. Bobur ijodida hasbi hol. Hayot zavqi, tabiat go'zalliklaridan zavqlanish, inson va insoniylikni ulug'lash, vatan va vatandoshlarni sevish, avaylash. Bobur ruboiylari. Boburning so'nggi to'rtligi. Xulosa. Kirish. Bobur - dilbar shaxs Yuksak madaniyatga erishgan har bir xalqning shunday buyuk farzandlari bo'ladiki, ular nafaqat o'z yurti, balki umumjahon tafakkur ahlining hurmat-e'tiborida bo'ladi. O'zbek xalqi tarixida dunyo sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo'shgan ana shunday ulug' allomalar, davlat arboblari ko'plab topiladi. Ularning hayoti va ijodini dunyo olimlari keng miqyosda o'rganib keladilar. Bu fikrimizga, ayniqsa, Zahiriddin Muhammad Bobur ma'naviy merosining jahon ilmi fani, madaniyati va san'atida o'rganilishi, targ'ibu tashviq etilishi yaqqol misol bo'la oladi. Mashhur davlat arbobi Javoharla'l Neru o'zining «Hindistonning kashf etilishi», «Jahon tarixiga bir nazar» asarlarida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida shunday deb yozadi: «Bobur - dilbar shaxs. Uyg'onish davri hukmdorining haqiqiy namuna- sidir. U mard va tadbirkor odam bo'l- gan. Bobur o'ta madaniyatli va jozi- bali inson bo'lib, o'z zamonasidagi eng yetuk shaxslardan biri edi. U mazhabparastlik kabi cheklanish va mutaassiblikdan yiroq edi… Bobur san'atni, ayniqsa, adabiyotni sevardi» Andijonda xalqaro Bobur fondining tashabbusi bilan bunyod etilgan Bobur bog'idagi «Bobur va jahon madaniyati» kitob muzeyiga 1994-yil oktabr oyida tashrif buyurgan hurmatli Prezidentimiz bog'ning xotira daftariga quyidagi so'zlarni yozib qoldirdi: Bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan har qancha faxrlansak arziydi. O'zbek xalqining dovrug'ini dunyoga taratgan ulug' ajdodlarimizdan biri o'laroq, ul zot bizni tariximizni qadrlashga, kelajakka buyuk ishonch bilan qarashga o'rgatadi. Hayoti va ijodiy merosi Bоburning hayot yo'li juda ...

Joylangan
14 Nov 2022 | 16:39:06
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
394.76 KB
Ko'rishlar soni
210 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 Nov 2022 [ 16:39 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
394.76 KB
Ko'rishlar soni
210 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx