OZOD SHARAFIDDINOV (1929-2005) Ozod Sharafiddinov 1929-yilning 1-martida Qo'qon shahri yaqinidagi Oxunqaynar qishlog'ida tavallud topgan. Uning bolalik, o'smirlik kezlarigina emas, keyingi butun hayoti ham Toshkent shahri bilan chambarchas bog'liq bo'ldi. TA'LIM Ozod Sharafiddinov Toshkent shahrida o'rta maktabni tugallab, O'rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)ga o'qishga kiradi va 1951-yilda uni muvaffaqiyatli yakunlaydi. Oradan uch yil o'tar-o'tmas, Moskvada nomzodlik dissertatsiyasini ham himoya qiladi. 1955-1995-yillar oralig'ida, qariyb qirq yil O'rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)da yoshlarga bilim va tarbiya berdi, minglab shogirdlarga beminnat ustozlik qildi. Uning 1996-1997-yillarda «Tafakkur» jurnali bosh muharriri o'rinbosari, 1997-yildan to umrining oxiriga qadar «Jahon adabiyoti» jurnali Bosh muharriri vazifalarida ishlagan kezlari ham nihoyatda barakali, sermahsul ijodiy yillar bo'ldi. ILK IJOD NAMUNASI Yosh olimning 1962-yilda chop etilgan «Zamon. Qalb. Poeziya» nomli dastlabki kitobiyoq o'zbek adabiyotshunosligiga juda o'ktam bir ovoz kirib kelayotganidan darak bergandi. ASARLAR «Adabiy etyudlar» (1968-y.); «Yalovbardorlar» (1974-y.); «Iste'dod jilolari» (1976-y.); «Birinchi mo'jiza» (1979-y.); «Talant - xalq mulki» (1979-y.); «Adabiyot - hayot darsligi» (1980-y.); «Hayot bilan hamnafas» (1983-y.); «Go'zallik izlab» (1985-y.) va boshq. ISTIQLOL ILHOMI «Yo'lboshchi», Mustaqillik me'mori», «Istiqlol jilolalari» singari maqolalari; «Istiqlol fidoiylari» (1993); «Sardaftar sahifalari» (199); «Ma'naviy kamolot yo'llarida» (2001); «Dovondagi o'ylar»; «Ijodni anglash baxti» (2004) kabi. Naq 100 ta son! 1997-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yurtimiz tarixida birinchi marta «Jahon adabiyoti» jurnali tashkil etildi. Ozod Sharafiddinov bu jurnalga Bosh muharrir etib tayinlandi. Ozod Sharafiddinov bu jurnalning roppa-rosa 100 ta sonini tayyorlashga ulgurdi! nuqtadon tarjimon Ozod Sharafiddinov dunyo adabiyotining o'nlab durdona asarlarini, shuningdek, L.Tolstoyning «Iqrornoma»; P.Koeloning «Alkimyogar»; A.Savelaning «To'xtating samolyotni, tushib qolaman» singari ...

Joylangan
14 Nov 2022 | 16:39:06
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.11 MB
Ko'rishlar soni
475 marta
Ko'chirishlar soni
155 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 Nov 2022 [ 16:39 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.11 MB
Ko'rishlar soni
475 marta
Ko'chirishlar soni
155 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx