8-sinf Adabiyot fanidan Mirtemir hayoti va ijodi dars ishlanma

8-sinf Adabiyot fanidan Mirtemir hayoti va ijodi dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Adabiyot fanidan Mirtemir hayoti va ijodi dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Mirtemir Ko'k yuzida pag'a bulut - oq bulut, Oq bulutdan sut yog'armi yoki qut? Pag'a bulut - yaxshi ko'klam elchisi, Havolarda yomg'ir isi, sel isi Adabiyot ,so'z san'ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo'lib keladi. Shoir Mirtemir hayoti haqida ma'lumot bering. 1910- yil 30- mayda Qoratog' etaklarida - Turkiston shahrining Iqon qishlog'ida tug'ilgan. Avval bobosi qo'lida, keyin eski maktabda tahsil olgan. So'ng Toshkentga kelib ,«Almaiy» nomidagi bolalar namuna ish maktabida tarbiya ko'radi Samarqanddagi O'zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida o'qiydi. O'qishni bitirib maktablarda muallimlik qiladi, nashriyotlarda, Yozuvchilar uyushmasida ishlaydi. Mirtemir 1978- yil 24- yanvarda 68 yoshida vafot etdi. Mustaqillik yillari Mirtemirning xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirishdagi ulkan xizmatlari taqdirlanib, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berildi. Shoir Mirtemir ijodi haqida ma'lumot bering. Shoirning birinchi she'ri «Tanburim ovozi» 1926- yili,16 yoshida e'lon qilinadi. 1928- yili uning «Shu'lalar qo'ynida» nomli ilk she'riy to'plami nashr etiladi. Keyin «Zafar», «Qaynashlar», «Tong to'plamlari dunyo yuzini ko'rad Shoir umri davomida o'nlab she'rlar va dostonlar to'plamlarini chop ettirdi «Bong», «Poytaxt», «0'ch», «Surat», «Qoraqalpoq daftari», «Tingla, hayot!», «Izlaganim», «Tog'day tayanchim», «Yod- gorlik» kabilar ularning ichida eng mashhurlaridir Shoirning ijodidagi bosh mavzu yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o'z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlashdir. Shoir umrining oxirida «Yodgorlik» deb nomlangan she'riy to'plam tayyorladi. Shoirning avlodlarga qoldirgan ijodiy merosi ardoqlanib, to'rt jildlik «Asarlar»i nashr etildi. Shoir Mirtemir tarjimalari haqida ma'lumot bering. 30- yillarda u juda ko'p vaqtini tarjimalarga bag'ishlaydi. Pushkin,Lermontov, Nekrasov,T.Shevchenko she'rlarini,dostonlarini o'zbekchaga o'giradi. Umuman tarjima sohasida Mirtemir nihoyatda barakali ijod qilgan. Antik dunyo shoiri Homer, shuningdek, Shota Rustaveli, Henrix ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.66 MB
Ko'rishlar soni 286 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.66 MB
Ko'rishlar soni 286 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga