Namunali dars ishlanmasi. (Adabiyot fanidan). 8-sinf MAVZU: Tug'ilmagan qo'shiqlarim sizdan uzr. (Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag'ishlanadi.) Maqsad: Ta'limiy:Bulbulzabon shoir hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar. Tarbiyaviy: Shoir she'rlarining o'quvchilar tarbiyasida tutgan o'rni. O'quvchilarni tarbiyaviy xulosalar chiqarishga o'rgatish. Rivojlantiruvchi: mavzuga doir ma'lumotlar keltirish, ifodali she'r o'qish, qiziqarli topshiriqlar bajarish. Kasbga yo'llovchi: Shoir she'rlari asosida kasbga yo'llovchi fikrlar keltirish. Milliy istiqlol g'oyasini singdirish: adabiyot darslarida vatanparvarlik, millatga hurmat, tinchlik, do'stga sadoqat, mehr-oqibat kabi g'oyalarini o'quvchilar ongiga singdirish. Dars usuli: Aqliy hujum, ifodali o'qish,qiziqarli topshiriqlar Dars jihozi: darslik, Muhammad Yusufning she'r to'plamlari,test va savol tarqatmalari, televizor, DVD disklar. Dars shiori: Adabiyot - odob-axloq, yaxshiliklar darsidir, Bobolarim qurib ketgan odamiylik qasridir. Darsning borishi: I. tashkiliy qism: a) salomlashuv b) davomatni aniqlash II.Uy vazifasini tekshirish 1.To'ra Sulaymon qachon va qayerda dunyoga kelgan? 2.Shoirning she'rlaridan namunalar ayting? 3.Armon she'rida shoir nima haqida fikr yuritgan? II.Yangi mavzu bayoni (Mavzu yuzasidan o'quvchilarga topshiriqlar berilgan,she'rlar yod olingan) 1-o'quvchi: O'zbek adabiyoti shunday chamanzorki ,uning bo'stonida gul ko'p, chechak ko'p. Bu bo'stonda bir-biriga o'xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta-qayta bo'y cho'zaveradi. Ana shunday betakror shoirlardan biri, shubhasiz, O'zbekiston xalq shoiri, xalqimizning bulbulzabon farzandi Muhammad Yusuf edi. 2-o'quvchi: So'zlari insonni o'ziga sehrlab oladigan shoir 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat (1898-yilda mashhur Dukchi eshon qo'zgoloni bo'lib o'tgan Mingtepa) tumanidagi Qovunchi qishlogida oddiy zahmatkash odamlar orasida tugildi. 3-o'quvchi: O'rta maktab ta'limini olgach,Muhammad Yusuf Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o'qishga kiradi va uni 1978-yilda bitiradi. Uning dastlabki she'rlari 1976-yilda O'zbekiston adabiyoti va san'ati haftaligi sahifalarida chop etiladi. 4-o'quvchi: Yosh ijodkor 1978-1980 yillarda Respublika ...

Joylangan
14 Nov 2022 | 16:39:06
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.91 KB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 Nov 2022 [ 16:39 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.91 KB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: docx