O'QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI DARSNING BLOK CHIZMASI: I. tashkiliy qism. O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e'lon qilish. 1.1. O'qituvchi o'quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o'tadi hamda o'quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta'kidlanadi. 1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e'lon qilish: 1.3. Kunning muhim voqealari aytib o'tiladi: O'qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo'lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma'lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma'lumot berib o'tiladi. II. O'tilgan mavzuni takrorlash: Guruhlarda ishlash O'quvchilar 3 guruhga bo'linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzu bo'yicha qisqacha ma'lumot berishadi. II. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish: Yusuf Xos Hojib XI asrda yashab ijod etgan buyuk o'zbek (turkiy xalqlar) shoiri hisoblanadi. Yusuf - asl ismi. Aynan «Qutadg'u bilig» dostoni zamon hukmdori tahsiniga sazovor bo'lgani uchun muallifga «xos hojib», ya'ni eshik og'asi rasmiy lavozimi berilgan. Shoir uni taxallusiga qo'shib olgan. Yusuf hozirgi Qirg'izistonning Talas vodiysi hududidagi qadimiy Bolosog'un shahrida tug'ilgan. Bolosog'uniy deyilishi shundan. Ba'zi manbalarda bu shahar Quzo'rda deb ham tilga olinadi. Bizga Yusuf Xos Hojibning birgina «Qutadg'u bilig» asari yetib kelgan. Shoir hayotiga oid ma'lumotlarni ham faqat shu dostondangina topamiz. Asar hijriy 462, ya'ni milodiy 1069-1070-yili Koshg'arda yozib tugallangan. Hajmi 6 ming 409 baytdan iborat. Muallifning o'zi uni bir yarim yil mobaynida bitganini aytadi: Tegurdi menga algi ellik yoshim, Qug'u qildi quzg'un tusitek boshim. Oqir ellik emdi mengar kel teyu, Pusug' bo'lmasa, bordim emdi nam. (Ellik yoshim menga qo'l tegizdi, Qora quzg'un tusidek boshimni oq ...

Joylangan
14 Nov 2022 | 16:39:06
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.09 MB
Ko'rishlar soni
495 marta
Ko'chirishlar soni
84 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:18
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 Nov 2022 [ 16:39 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.09 MB
Ko'rishlar soni
495 marta
Ko'chirishlar soni
84 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:18 ]
Arxiv ichida: docx