Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani 47-umumiy o'rta ta'lim maktabining Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi KARIMOVA SHIRINning 8-sinflarda Kuntug'mish dostoni mavzusida tayyorlagan bir soatlik DARS ISHLANMASI kUNTUG'MISH DOSTONI «KUNTUG'MISH» DOSTONI Xalq dostonlari har bir millatning ma'naviy qiyofasi, uning tarixi, qadriyatlarini rriukammal aks ettiruvchi bamisoli oynadir. Ularda har bir xalqning urf-odatlari, milliy o'ziga xosligi yaqqol ko'rinib turadi. Dostonchilik xalq og'zaki ijodida qadimiy epik an'ana hisoblanadi. Dostonlar asosan do'mbira jo'rligida aytiladi va ijrochidan ham badihada, ham ijroda juda katta ijodiy mahorat talab qiladi. Dostonning yana bir xususiyati og'izdan og'izga o'tib avloddan avlodgacha yetib kelganidir. Bu o'z navbatida ustoz-shogirdlik an'analarining vujudga kelishiga, oqibatda yirik dostonchilik maktablarining paydo boiishiga sabab bo'ldi. Folklorshunos olim T. Mirzayevning ma'lumotlariga ko'ra, XV-XVI asrlarda yirik dostonchilik maktablari paydo bo'lgan, XIX-XX asrlar esa dostonchilik taraqqiyotida juda rivojlangan davr bo'lgan. XX asr boshlariga kelib bahshilarimiz ijodiy bisotida 150 dan ortiq xalq dostonlari bo'lgan. Bu dostonlarni Tilla kampir, Sulton kampir, Jolmon bahshi, Bo'ron shoir, Jumanbulbul, Josoq, Yo'ldoshbulbul, Yo'ldosh shoir, Suyar shoir kabi mashhur bahshilar kuylaganlar. Keyinchalik ularning an'analari Ergash Jumanbulbul o'g'li, Fozil Yo'ldosh o'g'li, Po'lkan, Islom ;hoir, Saidmurod Panoh o'g'li, Berdi bahshi, Umir bahshi shoir, Bola bahshi ijodida davom ettirildi. bahshidan u yoki bu dostonni jro etishda shunchaki voqea bayonini so'zlab berish emas, balki ini do'mbira jo'rligida tinglovchini rom etadigan darajada kuylab perish talab etilgan. Dostonchi bahshilar o'z san'atlarini inglovchiga ma'qul qilish uchun turli usullarni qo'llaganlar musiqiy qochirimlar, so'z o'yinlari, dostonning eng qiziq joyida anaffusli chekinishlar kabi). Doston aytish ko'p hollarda raqobat isosida kechgan. Dostongo'ylik kechalarida bir necha bahshi ishtirok etib o'z mahoratlarini ...

Joylangan
14 Nov 2022 | 16:39:06
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
863.71 KB
Ko'rishlar soni
266 marta
Ko'chirishlar soni
44 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 Nov 2022 [ 16:39 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
863.71 KB
Ko'rishlar soni
266 marta
Ko'chirishlar soni
44 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx