9-sinf Adabiyot fanidan Farhod va Shirin dostonida komil inson dars taqdimot

9-sinf Adabiyot fanidan Farhod va Shirin dostonida komil inson dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Adabiyot fanidan Farhod va Shirin dostonida komil inson dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

9-sinf Adabiyot fanidan Alisher Navoiyning - Farhod va Shirin dostonida komil inson tushunchasi va g'oyasi dars taqdimoti va dars ishlanmasi

G'uzor tumani 47-umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyoti o'qituvchisi Turdiyeva Barnoning 9-sinflar uchun tayyorlagan adabiyot fanidan ochiq dars taqdimoti Alisher Navoiyning Farhod va Shirin dostonida komil inson g'oyasi Mavzu: Ul zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidur!. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimov Darsning maqsadi: Dars jihozlari: 9-adabiyot darsligi, Navoiy asarlaridan namunalar, rasmlar, mavjud texnik vositalar. Darsning uslubi: tahlil, suhbat. Darsni tashkil qilish: 1 Sinf xonaga kirib bolalar bilan salomlashish. 2Xonani tozzaligi va o'quvchilarni davomatini aniqlab olish Darsning borishi: Mavzumizni boshlashdan oldin qisqacha Xamsa yaratish tarixiga ham to'xtalib o'tamiz. XAMSA Xamsa - bu Yaqin va O'rta Sharq xalqlari klassik adabiyotining tarixiy, o'ta murakkab, 5 dostondan tashkil topadigan adabiy janridir. Xamsa (arab. خمسة ‎) so'zidan olingan bo'lib, beshlik degan ma'noni anglatadi. Odatda xamsaning barcha dostonlari she'riy masnaviy shaklda yozilgan. Xamsachilik tarixi Xamsa janrnida ijod etishni ulug' ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. Ganjaviy o'z xamsasini 1141-1201-yillar oralig'ida yaratgan bo'lib, u dastavval beshlik yozishni ko'zda tutmagan. Nizomiy 1173-1179-yillarda Arzin hokimi Faxriddin Bahromshohga bag'ishlab Maxzan-ul-asror (Sirlar xazinasi) nomli hamdnomani bitgan. 1180-1181-yilda Iroq hukmdori To'rg'ul II ning iltimosiga ko'ra Xusrav va Shirin dostonini yaratadi. 1188-yilda Astaxan I Nizomiyga Layli va Majnun ni yozishni 1196-yilda hukmdor Allovudin Ko'pra Arslonning topshirig'i bilan shoh Bahrom haqida Haft paykar (Yetti go'zal) bitildi. 1196-1201- yillarda Iskandarnoma yaratildi. Shunday qilib besh doston dunyo yuzinki ko'radi. Ganjaviy bu dostonlarni jamlab, bitta nom bilan, ya'ni Panj ganj (Besh xazina) deb nomlaydi va xamsa janriga asos soladi. «Farhod va Shirin» Xamsaning bu ikkinchi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 3.56 MB
Ko'rishlar soni 483 marta
Ko'chirishlar soni 70 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:23 Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 3.56 MB
Ko'rishlar soni 483 marta
Ko'chirishlar soni 70 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, docx
Tepaga