Sana: 202-yil. Sinflar: 9-. O'qituvchi: MAVZU: XOJA (1480-1547) DARSNING MAQSADI: a) ta'limiy: o'quvchilarga Xoja haqida ma'lumot berish; b) tarbiyaviy: o'quvchilarda dunyoda ro'y berayotgan o'zgarishlarga shaxsiy munosabat bildirish malakasini shakllantirish; d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarni o'z-o'zini rivojlantirishga o'rgatish, mavzu yuzasidan olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarga qo'llay bilishiga erishish. Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar: a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2; b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1. Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi. Dars uslubi: an'anaviy. Dars jihozlari: darslik, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko'rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi. DARSNING BORISHI: tashkiliy qism: O'quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash. Ma'naviyat daqiqasi: O'quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o'quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Xojaning to'liq ismi Poshshoxoja ibn Abdulvahhobxoja bo'lib, millatimiz tarixida davlat va din arbobi, lirik va epik janrlarda birdek barakali ijod qilgan betakror adib sifatida alohida o'rin tutadi. Toshkentlik mashhur avliyo Zangi Ota avlodlaridan. 1480- yilda Ashxobod yaqinidagi qadim Niso shahrida shayxulislom Abdulvahhobxoja oilasida tug'ilgan. Dastlab otasidan, so'ng e'tiborli murabbiylardan tahsil olgan Poshshoxoja yigitlik bo'sag'asidayoq davlat xizmatiga kirishadi, ya'ni 16 yoshida temuriylar saroyida ishlay boshlaydi. Keyinchalik shayboniylar hukmronligi davrida Nisoga tegishli Darun viloyatiga hokim, Karmana hokimi Jonibek Sulton hukumatida saroy mulozimi vazifalarida ishlaydi. 1529- yilning kuzidan Navoiyning kindik qoni to'kilgan Hirotning, 1534- yildan esa Balx shahrining shayxulislomi vazifasiga tayin etiladi. Umrining so'nggi yillarida davlat ishlaridan iste'fo bergan adib Buxoroga qaytadi va butun borlig'ini badiiy ijodga, xalqning ma'naviy tarbiyasiga bag'ishlaydi. Xoja 1547- ...

Joylangan
17 Nov 2022 | 22:53:09
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
3.17 MB
Ko'rishlar soni
912 marta
Ko'chirishlar soni
247 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:23
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
17 Nov 2022 [ 22:53 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
3.17 MB
Ko'rishlar soni
912 marta
Ko'chirishlar soni
247 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:23 ]
Arxiv ichida: pptx, docx