9-sinf Adabiyot fanidan Ruhiyat tarbiyalash vositasi mavzuda dars ishlanma

9-sinf Adabiyot fanidan Ruhiyat tarbiyalash vositasi mavzuda dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Adabiyot fanidan Ruhiyat tarbiyalash vositasi mavzuda dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

1-dars Dars mavzusi: Ruhiyat tarbiyalash vositasi Darsning maqsadi: 1.Ta'limiy maqsad: adabiyot fanidan bilimlarini kengaytirish. 2. Tarbiyaviy maqsad: adabiyot fani orqali o'quvchining Vatanga bo'lgan muhabbatini oshirish; mustaqillik buyuk ne'mat ekanligini ta'kidlash; milliy g'ururni shakllantirish. 3. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarning bilim va tafakkurini o'stirish, bilim olishga bo'lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o'rgatish. Darsning usuli: an'anaviy. Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar. Darsning borishi. I. tashkiliy qism: a) o'quvchilar bilan salomlashish: b) davomatni aniqlash: v) she'riy daqiqa. II. O'tgan mavzuni so'rash. yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida) ommaviy tarzda(uy vazifasi nazorati) II. Yangi mavzu bayoni. Badiiy adabiyotning asosiy ish quroli so'zdir. O'zi ko'zga ham ko'rinmaydigan so'z yordamida nafaqat atrofdagi narsa-hodisalar, balki boshdagi o'ylar, ko'ngildagi sezimlargacha ifodalash mumkin. Shuning uchun ham san'at turlari orasida adabiyot alohida o'rin tutadi. Insonning o'y-xayollari, istag-u armonlari badiiy adabiyotda to'laroq aks ettiriladi. Respublikamiz Prezidentining Ma'naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak degan so'zlari bu o'rinda alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, badiiy adabiyotda tasvirlangan hayot serqirra va ta'sirli bo'ladi. Tasavvur qilaylik, siz «Alpomish» dostonini o'qiyapsiz. Bilasizki, asardagi voqealar bundan minglarcha yillar oldin qayerdadir, kimlar bilandir ro'y bergan, ehtimol, hech qachon bo'lmagandir ham. Asar qahramonlari sizga qarindosh ham, yaqin ham emaslar. Lekin ularning taqdiri sizning taqdiringizga, ularning tuyg'ulari siznikiga qo'shilib ketadi, o'zingizni ulardan ayri tasavvur qilolmaysiz. Doston qahramonlari taqdirining, umuman, badiiy asarning tuyg'ularingizga bunchalar qattiq ta'sir ko'rsatishi, sizning sezimlaringizni bezovta qilishi sababi haqida beixtiyor o'ylab qolasiz. O'zbek tilida funksional omonimlarning ko'pligi tilimizning tag ma'nolarga to'lib-toshuvini ta'minlagani, agar bir so'zni bir necha ma'noda qabul qilish imkoni bo'lmaganda, hozirgina sizni o'ylantirgan timsol yaratilmasligi haqida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.15 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:23 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.15 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga