9-sinf Ona tili fanidan diktant matnlari

9-sinf Ona tili fanidan diktant matnlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Ona tili fanidan diktant matnlari - rasmi

Material tavsifi

Aysberg Aysberg so'zi o'zbek tilida muz tog'i degan ma'noni anglatadi. Haqiqatan ham Yerning qutbiy doiralarida vujudga kelgan muzliklarning uzilib dengizga qulab tushgan chekka qismlari katta muz tog'larini eslatadi. Muzlikning uchi ma'lum vaqtgacha dengizning ustida osilib turadi. Uni suv qalqishlari, dengiz oqimlari va shamollari yemiradi. Nihoyat, u bo'linib, shaloplab suvga qulaydi. Aysberg chayqalib, ulkan massasining katta qismini suv ostiga yashirgan holda shamol va oqim kuchiga bo'ysinib, uzoq safarga yo'l oladi. Yo'lda asta-sekin eriydi va shu tufayli u ba'zan to'ntariladi. Uzunligi 1-2 kilometrli, kengligi yarim kilometrli mayda va uzunligi bir necha o'n kilometr, balandligi esa yuz metrdan oshadigan yirik aysberglar bor. Aysberglar vatani - Afrika va Antarktida muzliklari. Okeanda aysberglarga duch kelish juda xavfli, chunki suv ostidagi qismi ko'rinmaydi. 1912-yilda yo'lovchi-sayohatchilarni tashiydigan ulkan Titanik kemasi Atlantika okeanida bora turib, tumanda aysbergga urilgan va g'arq bo'lgan. Bu XX asr boshida dengizda sodir bo'lgan eng katta fojia hisoblanadi. Biroq olimlarning taxminicha, aysberglar kishilarga foyda keltirishi ham mumkin. Axir sayyoramizda toza chuchuk suv tanqisligi tobora kuchliroq sezilmoqda. Aysberglar esa xuddi shunday suv manbaidir. Aysberglar suvi bilan millionlab kishilarning suvga bo'lgan ehtiyojini qoldirsa bo'ladi. To'g'ri, bu hozircha mo'ljal, xolos. (180 so'z)Laylak Laylak to'g'risida ko'p narsa eshitgan bo'lsangiz kerak. Ko'pincha Buxoro, Shahrisabz va G'ijduvondagi minoralarda va masjidlarning gumbazlarida qari tut va chinorlarning uchlarida quruq shox - shabbalar uyumlarini uchratish mumkin. Bu laylak inidir. Oq laylak O'zbekistonning deyarli hamma vohalarida uchraydi. O'zbekistonga oq laylak mart oylarining boshlarida uchib keladi va ilgari qayerga uya qurgan bo'lsa, o'sha yerga joylashadi. Ular uyalarini tuzatib, 3-5 tadan tuxum qo'yadi. Aprel oxirida uyada ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.44 KB
Ko'rishlar soni 1463 marta
Ko'chirishlar soni 255 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.44 KB
Ko'rishlar soni 1463 marta
Ko'chirishlar soni 255 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga