Alpomish dostoni bahshichilikda foydalaniladigan cholg'u asboblari Fozil Yo'ldosh o'g'li kim? Fozil shoir 1872-yilda hozirgi Jizzax viloyatining Baxmal tumani Loyqa qishlog'ida tug'ilgan. Yetimlikda o'sgan bo'lajak shoir cho'ponlik qilgan vaqtlarida do'mbira jo'rligida terma va dostonlar aytishga qiziqqan. Fozil Yo'ldosh 40 dan oshiq xalq dostonlarini to'la yod bilgan va betakror talanti bilan aytgan dostonlarining badiiy jihatdan boshqalarnikidan mukammal bo'lishiga erishgan. Alpomish dostoni nafaqat uning ijodida, balki o'zbek xalq dostonchiligida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bu dostonda o'zbek xalqiga xos eng ezgu sifatlar haqqoniy hamda ta'sirli aks ettirilgan. Alpomish dostoni Alpomish dostonida o'zbek xalqining azal-azaldan imon-e'tiqod, or-nomus va yurt birligi yo'lida o'zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan. Dostonni o'qish davomida o'ziga atashtirilgan qizning qalmoqlar orasida talash, yurtdoshlarining begonalarga xor bo'lmasligi uchun jonini tikkan buyuk qahramon Alpomish, imon keltirgani va do'st tutingani uchun Hakimbekning yonida o'zining insofsiz yaqinlariga qarshi kurashgan Qorajon, insoniy fazilatlari bilan ko'pchilik erkaklardan baland tura oladigan Oybarchin va Qaldirg'och timsol-lari millatimizga xos baland sifatlarni aks ettirganligini ko'ramiz. E'tirof Xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo'lsa, Alpomish ana shu dostonning shoh bayti. I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch Alpomish dostonida o'zbek millatiga xos eng yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlar, ayni vaqtda, ayrim millatdoshlarimizdagi cheklanganlik va ojizliklar buyuk bir mahorat bilan tasvirlangan. Bu asar shunchaki bir doston emas, balki xalqimizning ma'naviy olamini ko'rsatuvchi ko'zgudir. Shuning uchun ham 199-yilda ushbu doston yaratilganining ming yilligi mamlakatimizda bayram qilindi. Dostonning boshlanishi Burungi o'tgan zamonda, o'n olti urug' qo'ng'irot elida Dobonbiy degan o'tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan o'g'il farzand paydo bo'ldi. Alpinbiydan tag'i ikki o'g'il paydo bo'ldi: kattakanining otini Boybo'ri ...

Joylangan
17 Nov 2022 | 22:53:09
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
505 KB
Ko'rishlar soni
625 marta
Ko'chirishlar soni
55 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:23
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Nov 2022 [ 22:53 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
505 KB
Ko'rishlar soni
625 marta
Ko'chirishlar soni
55 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:23 ]
Arxiv ichida: pptx