9-sinf Adabiyot fanidan Muhammad Yusuf hayoti va ijodi dars ishlanma va dars taqdimot
Betakror shoir Muhammad Yusufning hayoti va ijodi Muhammad Yusufning hayoti O'zbek xalqining sevimli farzandi, otashqalb shoir Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlog'ida tug'ilgan. 1971-yili o'rta maktabni tugatgach, Respublika rus tili va adabiyoti institutida tahsil oladi. Muhammad Yusufning ijodi Ijodiy faoliyati 1980-yildan boshlangan. Muhammad Yusuf turli nashriyot va tahririyatlarda, turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 1997-yildan umrining so'nggi kun-lariga qadar esa O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosari lavo-zimida ishlagan. Muhammd Yusufning sheriy to'plamlari Muhammad Yusufning dastlabki she'rlari «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasida 1976-yilda e'lon qilingan. Shundan so'ng «Tanish teraklar», «Bulbulga bir gapim bor», «Iltijo», «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari», «Erka kiyik», «Saylanma» kabi juda ko'plab she'riy to'plamlari nashr etildi. 1989-yilda «Uyqudagi qiz» she'riy to'plami uchun unga Respublika Yoshlar mukofoti berildi. Muhammad Yusuf sherlaridan namuna JAYRON Qon yig'latdi qaysi bag'ritosh, Jayron, nega ko'zing to'la yosh? Oyog'ingga qo'yib yotay bosh, Jayron, nega ko'zing to'la yosh? Yurak qoning to'kilgan so'qmoq - Bag'ri alvon lolaqizg'aldoq, Senga toshlar otdi qay gumroh, Jayron, nega ko'zing to'la yosh? Zor yig'lading buncha ham hayhot, Menda ham bor sendagi sayyod, Ey beozor, ey mo'min jonzot, Jayron, nega ko'zing to'la yosh? Bu dunyoning nokaslari bor, Ezgulikni ko'rolmaydilar. Meni ham qon qildilar ular, Jayron, nega ko'zing to'la yosh? Labim bilan yarang silayman, Senga dardi shifo tilayman, Kel, tug'ishgan og'ang bo'lay man, Jayron, nega ko'zing to'la yosh? Shoirga ta'rif U rostgo'y shoir, halol va pokiza qalb egasi. U muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo'shiq to'qiydimi yoki tariximiz va taqdirimiz sahifalarini qalamga oladimi, ularda hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik ...