Alisher Navoiyning ”Xamsa” asari tahlili dars ishlanma va dars taqdimot
Reja:
- Alisher Navoiyning hayoti, ”Xamsa”chilik tarixi haqida.
- “Hayratul abror” dostoni haqida
- “Farhod va Shirin” tarixiga doir
- “Layli va Majnun” dostonida obrazlar tahlili
- Bahrom va Dilorom hikoyasi
- Iskandar-adolatli va ma'rifatparvar ideal podsho obrazi
Sana : Fan : Adabiyot Sinf : IX Mavzu : Hamsa dostonlari tahlili . Maqsad : O'quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish . Hamsa dagi timsollarga tasnif berish . Olijanob xislatlarni o'quvchilar ongiga singdirish ; Mustaqil fikrlashga o'rgatish ; Dars turi : Mustahkamlash . Dars uslubi : Og'zaki . Dars usuli : Suhbat . Dars jihozi : A.Navoiy portreti , Hamsa dostonlari , savol va topshiriqlar . Darsning borishi : O'quvchilar bilan salomlashish , psixologik iqlim yaratish , vazifani so'rash . DARS REJASI 1. Hamsachilik an'anasi va Hamsanavis shoirlar haqida . 2. Hamsa dostonlari haqida . 3. Men yoqtirgan qahramon . I. O'quvchilar to'rt guruhga bo'linishadi . 1-guruh : Hamsachilik an'anasi haqida gapiradi . 2-guruh : A.Navoiyning Hayrat ul-Abror dostoni haqida so'zlaydi 3-guruh : Farhod va Shirin dostoni haqida so'zlaydi . 4-guruh : Layli va Majnun dostoni haqida so'zlaydi . 5-guruh : Sab'ai sayyor dostoni haqida so'zlaydi . 6-guruh : Saddi Iskandariy dostoni haqida so'zlaydi . Har bir guruhdan hamma o'quvchi qatnashishi shart . Masalan : 1-guruhdan 1 o'quvchi Hamsa chilik an'anasini Ozarbayjonlik ulug' shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan . 2-o'quvchi : U 28 yil mobaynida yaratgan dostonlarini jamlab Panj ganj ya'ni Besh xazina deb nomlaydi . U avvaldan niyat qilib besh doston yozmaydi . Sh tariqa Xamsa chilik an'anasi paydo bo'ladi . 3 - o'quvchi : Nizomiy Ganjaviydan keyin Husrav Dehlaviy o'zining besh dostondan iborat Xamsa sini yaratdi . 4 - o'quvchi : Shunga ko'ra har bir asar Xamsa deb atalmog'i ...