9-sinf Adabiyot Zulfiyaning Nevara, Bahor keldi seni so'roqlab she'rlari dars ishlanma

9-sinf Adabiyot Zulfiyaning Nevara, Bahor keldi seni so'roqlab she'rlari dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Adabiyot Zulfiyaning Nevara, Bahor keldi seni so'roqlab she'rlari dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Zulfiyaning Nevara, Bahor keldi seni so'roqlab she'rlari Darsning texnologik xaritasi Darsning shiori: Ilmni kim vositai joh etar, O'zini-da elini gumroh etar Alisher Navoiy Darsning borishi: I bosqich: 1.tashkiliy qism: Salomlashish, davomat, dars shakli va o'yin shartlarini tushuntirish. O'quvchilarning diqqatini darsga jalb qilish uchun quyidagi she'rlarni o'quvchilarga yoddan ifodali o'qib beriladi: Mana bir umrni yashadim sensiz, Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib. Tobuting boshida cho'kkanimda tiz, Farzandlar ko'tardi qo'limdan tutib. Shundan beri tikman har nega qalqon, Baxtga, bahorga ham, qishga, qayg'uga. Birov azasida yig'layman qon-qon, To'yida o'ynayman o'xshab ohuga… II bosqich- O'tilgan mavzuni takrorlash: Savollar: Zulfiya qachon va qayerda tug'ilgan? Zulfiyaning ilk she'riy to'plami qachon va qanday nom bilan bosilib chiqqan? Shoira ijodiga oid qanday poemalarni bilasiz? Zulfiya asarlari qaysi xorijiy tillarga tarjima qilingan? O'quvchilar javoblari tinglangach, ularni 3 guruhga bo'lib, boshqotirma beriladi. I guruh -Iste'dod II guruh- Intellekt II guruh-Tafakkur 1-guruh: A T R V G A O N B E . berilgan harflardan 4 ta ortiqcha harflarni olib tashlagan holda, qolgan harflardan Zulfiya ijodiga oid she'r nomini topish; 2-guruh: sahar, gul, bodom, salqin, yer, binafsha, bahor, lab; Ushbu so'zlarda Zulfiya ijodiga oid she'rning ikki misrasi yashiringan. So'zlarni joylashtirish orqali misrani toping. 3-guruh: 24 20 11 5 8 23 1 . berilgan sirli raqamlarda yashiringan so'zni toping. II bosqich -Yangi mavzu O'quvchilar diqqati jalb qilingach, Zulfiya she'rlari haqida qisqacha ma'lumot berib o'taman. Zulfiya tavalludining 80 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov yo'llagan tabrik xatida quyidagi dil so'zlari yozilgan edi: «Siz zamonamizning zabardast shoirasi va jamoat arbobi sifatida O'zbekistonning jarangdor ovozi bo'ldingiz, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 76.69 KB
Ko'rishlar soni 277 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:23 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 76.69 KB
Ko'rishlar soni 277 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga