Mavzu: Zulfiya lirikasi. Maqsad: Ta'limiy: Mavzu bilan tanishtirish, shoiraning hayoti, ijodi haqida to'laroq ma'lumot berish. U haqida tushuicha hosil qilish. Tarbiyaviy: O'quvchilarga estetik tarbiya berish, shoira ijodiga hurmat ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Ifodali o'qish, mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Darsni jihozlanishi: Albomlar, asarlari, darslik, magnit lentasi, rasmlar. Dars uslubi: Izlanuvchanlik, savol-javob, ifodali o'qish. Dars turi: Noan'anaviy mushoira darsi. Dars turi: Yangi bilim berish Darsning borishi: I.tashkiliy bosqich. A. Salomlashish she'r asosida B. Navbatchi axboroti. II. Yangi mavzu bayoni. Dars rejasi: Samimiy tuyg'ular kuychisi. Urush! Noming o'chsin jahonda. She'rginam, makon qur eng toza yurakda. O'quvchilar, biz oldingi darslarda o'rgangan ijodkorlarni esklaylik. 1.Hoshimjon qanday asar qahramoni? Shoxdor ona Bug'u kimga beshik keltirishini kim xohlaydi? 3.Haykiraman tog'lar ortidan, Gumbirlagan sado keladi. 4.Urushning so'nggi qurboni kim? - O'quvchilar, biz bugun shoiramiz Zulfiya haqida suhbatlashamiz. Hozir esa shoira she'rlari asosida mushoirani boshlaylik. (Magnitofondan she'riy satrlar yangraydi.) Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor, Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor. She'rning davomini o'quvchilar navbatma-navbat aytishadi. Shoira she'rlarining mavzusi rang-barangdir. («Tun» she'rini o'qishadi) Tog' ortiga o'tib ketdi kun, Sekin chiqdi toza, salqin tun. Keling o'quvchilar shoira hayotiga bir nazar solaylik. Shu o'rinda aqliy hujumga o'taylik. 1915-yil 1-mart. Toshkentning Degrez mahallasida hunarmand oilasida tug'iladi. 1931-34-yillar. Xotin-qizlar bilim yurtida o'qiydi. Adabiy to'garaklarda qatnashadi va she'rlar mashq qiladi. 1931-yil 17-iyul. Birinchi she'ri «Ishchi» gazetasida bosiladi. 1932-yil. Hamid Olimjon bilan uchrashadi. 1932-yil. «Hayot varaqalari» nomli birinchi she'rlar to'plami chop etiladi. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida o'qiydi. 1933-35-yillar. O'zbekiston Davlat nashriyotida ishlaydi. 1935-38-yillar. O'zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi til-adabiyot instituti ...

Joylangan
21 Nov 2022 | 11:55:15
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
146.37 KB
Ko'rishlar soni
266 marta
Ko'chirishlar soni
62 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
21 Nov 2022 [ 11:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
146.37 KB
Ko'rishlar soni
266 marta
Ko'chirishlar soni
62 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:23 ]
Arxiv ichida: docx