Musa Jalil (1906-1944) Musa Mustafo o'g'li Jalilov - Musa Jalil 1906-yilning 15-fevralida Rossiyaning Orenburg gubernasida dehqon oilasida dunyoga keladi. Ota-onasi. Mustafo og'a va Rahima xonim. U dastlab ovuldagi boshlang'ich maktabda savod chiqaradi. Oilasi shaharga ko'chib kelgach, Orenburgdagi mashhur «Husayniya» madrasasida tahsilini davom ettiradi. ILK she'r Uning ilk she'ri Turkiston fronti nashri hisoblangan «Qizil yulduz» gazetasida 1919-yilda bosilib chiqadi. Shundan so'ng birin-ketin ommalashib borayotgan turli gazeta va jurnallarda shoirning qator she'rlari va dostonlari e'lon qilinadi. Musa Jalil 1925-yilgacha yozgan asarlarini jamlab «Biz boramiz!» nomi ostida she'rlar va dostonlardan iborat dastlabki to'plamini o'quvchilarga hadya etadi. 1929-yilda «O'rtoqqa», 1934-yilda esa «Ordenli millionerlar» nomli kitoblari chop etiladi. Temirbulat va Fayruza Shoir 1940-yilda yaratilgan «Xat tashuvchi» nomli poemasida xat tashuvchi yigit Temirbulat bilan dehqon qiz Fayro'zaning sof muhabbatini, samimiy insoniy kechinmalarini yorqin she'riy bo'yoqlarda aks ettirgandi. Dastlabki tatar milliy operalarining yaratilishiga shoirning o'zi munosib hissa qo'shadi. Uning bastakor Jiganov bilan hamkorlikda yaratgan «Oltin soch» operasi butun mamlakatda katta dovrag' qozongani, davlat mukofoti bilan taqdirlangani buning yorqin dalilidir. Noming o'chsin, urush! Shoirning urush yillari nashr etilgan «Okopdan xatlar» nomli kitobiga jamlangan she'rlarida bo'layotgan urushning butun dahshati ro'yi rost tasvirlangandi. O'z o'rnini urush maydonlarida deb bilgan Musa Jalil jangchilar o'rtasida ma'rifiy targ'ibot ishlarini olib borar, front gazetalarida harbiy muxbir sifatida turli xabar, maqola va badiiy asarlari bilan faol ishtirok etardi. 1942-yilning yozida Volxov daryosi bo'yida kechayotgan shiddatli janglar paytida Musa Jalil og'ir yaralanadi va asir tushdi. MAOBITNING DAHSHATLARI Urushdan keyin Moabit turmasidan qutulib chiqqan belgiyalik partizan Andre Timmermans ismli kishi Brussel (Belgiya)dagi konsulxonaga she'rlar bilan to'lgan bir ...

Joylangan
28 Nov 2022 | 17:50:09
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.03 MB
Ko'rishlar soni
157 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
28 Nov 2022 [ 17:50 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.03 MB
Ko'rishlar soni
157 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:08 ]
Arxiv ichida: pptx