MUHAMMAD AMINXO'JA MUQIMIY 1850-1903 Shoirning ilm o'rganishi va badiiy ijodga erta qiziqishida uning volidasi, qobiliyatli ayol Oyshabibi aytib bergan ko'plab ertak va qo'shiqlarning ta'siri kuchli bo'ldi. Ta'lim-tarbiya 1872-73-yillarda Buxoroga borib, u yerdagi «Mehtar anbar» madrasasida o'qishni davom ettiradi. 1876-yilda o'qishni tamomlab Qo'qonga qaytadi. Muqimiy dastlab Qo'qondagi «Hokim oyim» madrasasida ta'lim oladi. Muqimiy hayotini mutolaa va ijod qilishga bag'ishlaydi. Zamonasining yetuk xattotlaridan bo'lgan Muhammad Yusuf Xattotdan ta'lim olib, xushxat kotib bo'lib yetishgan Muqimiyga xattotlik asosiy kasb va tirikchilik manbayi bo'lib xizmat qiladi. Muqimiy Qo'qonda Furqat, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir, G'aribiy, Nasimiy, Mavlaviy va boshqa shoirlardan tashkil topgan yirik adabiy guruhga boshchilik qiladi. 1903-yilda, 53 yoshida, ayni ijodiy kamolotga yetgan paytda vafot etadi. Ijodiy meros va uni o'rganish Muqimiydan bizgacha yetib kelgan merosning umumiy hajmi, hozircha, taxminan 10 ming misradan iboratdir. Muqimiy lirikaning g'azal, muxammas, murabba', masnaviy, ruboiy, tuyuq, fard kabi janrlarida barakali ijod qildi. Muqimiy vafotidan keyin shoirning devoni ilk bor «Devoni Muqimiy» (1907-yil) nomi bilan nashr etildi. 1910-yilda Portsev litografiyasida shoirning hajviy she'rlari «Muqimiy maa hajviyot» nomi bilan nashr etildi. 1912-yilda esa Muqimiyning yana bir she'riy to'plami chop qilindi. Shoir ijodini jiddiy va samarali o'rganish o'tgan asrning 30-yillarida boshlandi. Bu xayrli ishning boshida otaxon shoirimiz G'afur G'ulom turdi. 1938-yilda G'.G'ulom tomonidan tuzilib «Muqimiy bayozi» deb nomlangan to'plam katta ahamiyatga ega bo'ldi. 1950-yilda Muqimiyning «Лupuкa u сaтupa» nomli ikkinchi to'plami Moskvada rus tilida nashr etildi. 1953-yil Muqimiy ijodini o'rganish tarixida yangi davr bo'ldi. Shu yili shoir vafotining 50 yilligi munosabati bilan Muqimiy hayoti va ijodiga oid maxsus kitoblar chiqarildi. «Tanlangan asarlar»i o'zbek ...

Joylangan
28 Nov 2022 | 18:13:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.32 MB
Ko'rishlar soni
400 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
28 Nov 2022 [ 18:13 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.32 MB
Ko'rishlar soni
400 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:08 ]
Arxiv ichida: pptx