8-sinf Adabiyot fanidan Boborahim Mashrab hayoti va ijodi dars taqdimot

8-sinf Adabiyot fanidan Boborahim Mashrab hayoti va ijodi dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Adabiyot fanidan Boborahim Mashrab hayoti va ijodi dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

BOBORAHIM MASHRAB (1653- 1711 ) Bog'istoniyning Tazkirai qalandaron asarini sinchiklab o'rganish natijasida aniqlangan keyingi ma'lumotlarga ko'ra, Boborahim Valibobo o'g'li Mashrab 1653- yilda Namanganda kosib oilasida tug'ilgan. BOLA BOSHIDAN… Shoirning hayot yo'li yoritilgan Qissai Mashrab asarida yozilishicha, u bolaligidan majnuntabiat, so'fiysurat, odamovi va xomush qiyofada yuradi. Uning g'ayritabiiy odatlari, gap-so'zlari, yurgan yo'lida aytadigan bayt-u g'azallari ota-onasi va xaloyiqni hayron qoldiradi. TA'LIM-TARBIYA Mashrabni shu hududda katta ulamo, Haq yo'liga boshlovchi tariqat rahnamosi sanalgan Mullo Bozor Oxundga uchrashtiradilar. Mashrab undan zo'r ixlos bilan ta'lim oladi, tarbiya ko'radi. 7 yillik tahsil Ma'lum darajada ilohiy sirlardan Mashrabni voqif etgan mullo Bozor oxund uni Koshg'arga - Ofoq xoja huzuriga borishi kerakligini aytadi. Islom dunyosining ulug'laridan biri bo'lmish bu zot yangi muridi qalbidagi ilohiy muhabbat nurlarini ilg'ab, unga Mashrab (ma'nosi - ishq sharobini ichgan) nomini beradi. Mashrab Ofoq xoja huzurida yetti yil tahsilda, xizmatda, riyozatda bo'ldi va Haqqa yaqin avliyo zot bo'lib yetishdi. Mashrab, ustozi Ofoq xoja bashorat qilganidek, 1711- yilda Balx hokimi Mahmud Qatag'on amri bilan Qunduz shahrida qatl etilgan. IJODIY MEROS She'rlari Devoni Mashrab qissalarida, turli bayozlar va to'plamlar tarkibida tarqoq holda bizgacha yetib kelgan. 1958 - 1980- yillar oralig'ida uning she'rlari to'plam holida bir necha marta nashr qilingan. Mehribonim, qaydasan Mashrabning nisbatan mukammal to'plami adabiyot jonkuyari Jaloliddin Yusupov tomonidan 1990- yilda Mehribonim, qaydasan nomi bilan nashrga tayyorlanib, chop etildi. To'plam shoirning g'azal, mustazod, murabba', muxammas, musaddas, musabba' janrlarida yozgan she'rlaridan iborat. Har qanday so'fiy biror tariqatga amal qiladi. Tariqat arabcha so'z bo'lib, yo'l ma'nosini anglatadi. Bizning hududlarda qadimdan qodiriylik, yassaviylik, kubroviylik, nAQSHbandiylik tariqatlari mashhur. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 499.71 KB
Ko'rishlar soni 244 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 499.71 KB
Ko'rishlar soni 244 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga