8-sinf Adabiyot fanidan Haynrix Hayne lirikasi dars taqdimot

8-sinf Adabiyot fanidan Haynrix Hayne lirikasi dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Adabiyot fanidan Haynrix Hayne lirikasi dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

HAYNRIX HAYNE (1797-1856) XIX asr nemis adabiyotining yirik vakili, samimiy ko'ngil she'riyatiga siyosiy hajviy tanqidni ustalik bilan qo'sha olgan haqgo'y shoir Haynrix Hayne 1797- yilning 13- dekabrida Olmoniyaning(Germaniyaning) Dyusseldorf shahrida savdogar yahudiy oilasida tug'ildi. Ushalmagan orzu Bo'lajak shoirning tarbiyasi bilan, asosan, onasi Betti shug'ullandi. Xalq og'zaki ijodi namunalaridan xabardor bu ayol o'g'lida so'zga muhabbat, uning qudratidan hayrat tuyg'usi shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi. Otasi Samson Hayne Yevropadagi zamonaviy fikrlovchi ko'pchilik singari o'g'lining napoleonchi harbiy bo'lishini orzu qiladi. Napoleonning mag'lubiyatidan so'ng ota-ona Haynrixning savdo bilan shug'ullanishini ma'qul deb hisoblashdi. CHANG BOSGAN DIPLOM Haynrix Hayne 1819- yildan e'tiboran Bonn, Hettingen va Berlin universitetlarida o'qiydi. Ovro'poliklar(yevropalik) tafakkuriga jiddiy ta'sir o'tkazgan mashhur faylasuf Gegeldan ma'ruzalar tinglab, bilimini oshiradi. Yigit huquqshunoslik fakultetini juda yaxshi baholar bilan bitirib, diplom olgan bo'lsa-da, bu sohada biror kun ishlamaydi. Ilk to'plam 1827- yili Hamburg shahrida o'ttiz yoshli Haynening «Qo'shiqlar kitobi» nomli lirik she'rlar to'plami bosilib chiqdi. Bu kitobga kirgan she'rlarida yosh shoir dunyoning tushunarsiz, hayotning murakkab va odamlar orasidagi munosabatlarning chigalligini o'ta ta'sirchan yo'sinda tasvirlagan. 2-kitob haqida 1830- yilda Haynrix Haynening «Yo'l lavhalari» nomli ikkinchi kitobi bosilib chiqdi. Bu kitobda u mamlakat va xalqning ahvolini mardonalik bilan xolis taftish qila oladigan ijodkor sifatida namoyon bo'ladi. Kitob yo'l ocherklaridan iborat bo'lib, Olmoniyaning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma'naviy darajasini haqqoniy aks ettirganligi bilan ajralib turadi. Haynrix Hayne 1843- yilda insoniyatning hayotini tamomila o'zgartirib yuborish da'vosi bilan chiqqan Karl Marks bilan tanishadi. Marksning ommani baxtli qilishga doir yuqumli xomxayollari ta'siriga berilgan shoir dastlabki vaqtlarda uning g'oyalariga tarafdor bo'lib yuradi. Lekin kommunistik qarashlarda kishining erkiga zo'rlik o'tkazish ustuvorligini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 458.77 KB
Ko'rishlar soni 240 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 458.77 KB
Ko'rishlar soni 240 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga