8-sinf Adabiyot fanidan Pushkinning Yevgeniy Onegin asari dars taqdimot

8-sinf Adabiyot fanidan Pushkinning Yevgeniy Onegin asari dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Adabiyot fanidan Pushkinning Yevgeniy Onegin asari dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

ALEKSANDR SERGEYEVICH PUSHKIN (1799-1837) 1799- yilning 6- iyunida Moskva shahrining Nemislar ko'chasida yashovchi qadimiy dvoryanlardan bo'lmish iste'fodagi mayor Sergey Pushkin oilasida tug'ildi. A.S.Pushkinning ota-onasi Aleksandr Pushkinning hayotidagi hal qiluvchi voqea uning 1811- yilning 19- oktabrida Rossiya poytaxti Sankt Peterburg yaqinidagi Sarskoye selo imperatorlik litseyiga qabul etilganligi bo'ldi. Bu yerda bo'lajak shoir ijodkorlik muhiti va erkin fikr bilan tanishdi hamda Ivan Pushin, Anton Delvig, Vilgelm Kyuxelbeker singari bir umrlik chin do'stlar orttirdi. Yosh shoirning dastlabki she'ri 1814- yilda litseyda chiqadigan «Ovrupo xabarlari» jurnalida chop etildi. Litseyda o'qib yurganidayoq Pushkinning tengsiz iste'dod egasi ekanligi ayon bo'lgandi. O'limidan ikki yil oldin litseydagi imtihonlarning birida qatnashgan keksa Derjavin Pushkinning she'rini eshitgach, uning buyuk shoir bo'lajagini bashorat qiladi. Ilk she'r Litseydan keyingi dastlabki yillardayoq, Pushkin ijodiy cho'qqilarni birin-ketin zabt eta boshladi. 1817- yilda mashhur «Erkinlik» she'ri yozildi. 1820- yilda «Ruslan va Ludmila», «Mis chavandoz» dostonlari dunyoga keldi. Yuksak e'tirof «Ruslan va Lyudmila»ning qo'lyozmasi bilan tanishgan mashhur shoir Jukovskiy Pushkinga: «G'olib shogirdga mag'lub ustozdan», - degan yozuv bilan o'z portretini sovg'a qildi. Bu Aleksandr Pushkinning ulkan g'alabasi, uning shoir sifatidagi chinakam tan olinishi edi. 1830-yilga kelib, o'n yildan beri yozilayotgan «Yevgeniy Onegin» she'riy romaniga nuqta qo'yildi. 30-yillarda Pushkinning «Belkin qissalari», «Toppon xonim», «Dubrovskiy» singari nasriy asarlari chiqdi. 1836- yilda Pushkinning mashhur «Kapitan qizi» asari tugallandi. Bu asarda turli personajlar taqdiri misolida inson hayotini rejalashtirib bo'lmasligi, u har daqiqada kutilmagan o'zgarishlarga yuz tutishi mumkinligi g'oyat ta'sirli aks ettirilgan. Dushmanlar turli mish-mishlar tarqatib, Gollandiya elchisining tutingan o'g'li Dantes bilan Pushkinning orasini butunlay buzadilar. Natijada, 1837- yilning 25- yanvarida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 441.7 KB
Ko'rishlar soni 403 marta
Ko'chirishlar soni 103 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 441.7 KB
Ko'rishlar soni 403 marta
Ko'chirishlar soni 103 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga