8-sinf Adabiyot fanidan Chingiz Aytmatov Asrga tatigulik kun dars taqdimot

8-sinf Adabiyot fanidan Chingiz Aytmatov Asrga tatigulik kun dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Adabiyot fanidan Chingiz Aytmatov Asrga tatigulik kun dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Chingiz aytmatov (1928-2008) Chingiz Aytmatov 1928-yilning 12-dekabrida Qirg'izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug'ilgan. Bobo-buvi, ota-ona Bobosi Aytmat qo'li gul hunarmand va ajoyib qo'bizchi bo'lgan. …Buvim men uchun ertak, doston, qadimiy qo'shiqlarning bitmas-tuganmas xazinasi edi. Ehtimol, o'shanda buvim o'zi sezmagan holda o'z tilimni sevishga, hurmat qilishga o'rgatgandir… Otasi To'raqul Aytmatov rus-tuzem maktabida tahsil ko'rgan, o'qimishli, fikri tiniq odam edi. Bo'lajak adibning onasi Naima Aytmatova ham o'qimishli, yuksak madaniyatli, oqila ayol bo'lgan. Mashaqqatli bolalik Oilaning to'ng'ich farzandi Chingiz avvaliga rus maktabida o'qidi. Otasi qamalib, qishloqqa qaytishga majbur bo'lishgach, qirg'iz maktabida ta'lim oldi. U o'smir yoshidan ikkinchi jahon urushi yillari front ortida xilma-xil yumushlarni bajaradi. Erkaklarning deyarli barchasi urushga ketgani sababli qishloqdagi eng savodli erkak sifatida 1942-yilda -o'n to'rt yoshida qishloq kengashi kotibi qilib tayinlandi. So'ng soliq yig'uvchi, traktorchilar brigadasida hisobchi bo'lib ishladi. O'rta maktabni bitirgan Chingiz 1945-yilda Zooveterinariya texnikumiga kirib, uni 1948-yilda bitirdi. So'ng qishloq xo'jalik institutiga o'qishga kirib, uni 1953-yilga tugatdi. Tajriba fermasida zootexnik bo'lib ishladi. Lekin… O'spirin yoshidan unga yozishga havas bor edi. U texnikum va institutda o'qib yurganida ham badiiy adabiyotdan uzoqlashmadi. Tinimsiz o'qir, qirg'iz adiblarining asarlarini ruschaga, rus yozuvchilarining bitganlarini qirg'izchaga ag'darar, o'z sohasiga doir voqealar haqida maqola va ocherklar yozardi. Hech kim o'z-o'zidan yozuvchi bo'lib qolmaydi: yillar sabog'i, qilingan mehnat, badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqish va e'tiqod orqali bunga erishish mumkin». Chingiz Aytmatov Adabiyotga ishtiyoq tufayli bora-bora u kasbini o'zgartirishga majbur bo'ldi. 1956-1958-yillarda Moskvada Oliy adabiyot kursida tahsil ko'rdi. Bu yerda chinakam adabiy jarayon bilan yuzlashdi. Elga xizmat… 1958-1960-yillarda Literaturniy Kirgizistan jurnalida muharrir; 1961-yilda Pravda gazetasining O'rta Osiyo ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 782.65 KB
Ko'rishlar soni 368 marta
Ko'chirishlar soni 80 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 782.65 KB
Ko'rishlar soni 368 marta
Ko'chirishlar soni 80 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga