Dashti Qipchoqdagi siyosiy ahvol. Muhammad Shayboniyxon Dashti Qipchoq haqida XI asrdan boshlab arab va fors manbalarida «Dashti Qipchoq» deb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi. Bu atama Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g'arbiy yon-bag'irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho'zilgan hududga nisbatan ishlatilgan. Sharqiy Dashti Qipchoqdagi siyosiy vaziyat XV asrda Jo'jining o'g'li Shaybon naslidan bo'lgan Abulxayrxon (1412-1468) Sharqiy Dashti Qipchoqni egallab, alohida davlatga asos soladi. Tarixiy manbalarda bu davlat «O'zbek ulusi» (o'zbeklar mamlakati) deb ham ataladi. 1431-yilda Xorazmni ham bosib oldi. 1446-yilda Abulxayrxon Sirdaryoning o'rta oqimida joylashgan shaharlar-Sig'noq, Oqqo'rg'on, Arquq, O'zgan va Suzoqni bosib oladi. O'z davlatining poytaxtini Turadan Sig'noqqa ko'chirdi. Samarqand taxti uchun kurash kuchaygan paytda Abulxayrxon vaziyatdan foydalanishga harakat qiladi. 1451-yilda o'zidan madad so'ragan temuriyzoda Abu Said Sultonga Samarqand taxtini egallashda yordam berish bahonasida yurish boshladi. Abulxayrxon katta o'ljalar bilan o'z yurtiga qaytadi. Minnatdorchilik tariqasida Abu Said Sulton Ulug'bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga xotinlikka beradi. Abulxayrxon keyin ham bir necha bor Movarounnahr ishlariga aralashdi. Shu orqali u Movarounnahrda borgan sari o'z nufuzining ortishiga erisha olgan. Abulxayrxon tomonidan tuzilgan davlat 40 yil yashadi. 1468-yilda Abulxayrxon vafot etishi bilanoq, bu davlat parchalanib ketdi. Muhammad Shayboniyxon Muhammad Shayboniy Abulxayrxonning farzandi Shohbudoq Sultonning o'g'li edi. Shohbudoq Sultondan ikki o'g'il qolgan: Muhammad Shayboniy va Mahmud Sulton. Muhammad Shayboniy 1451-yilda tug'ilgan. Shayboniyning bobosi Abulxayrxon saroyida ham turkiylar odatiga ko'ra tug'ilgan go'dakka ikki ism qo'yish urf bo'lgan. Ismlarning birinchisi islomiy (arab), ikkinchisi esa turkiy bo'lgan. Tug'ilganda Muhammad deb nom olgan Shayboniy o'zining ikkinchi nomi bilan mashhur bo'lgan. «Boburnoma» asarida Shayboniyning ismi Shoyboqxon deb berilgan. Bu nom ...

Joylangan
15 Dec 2022 | 06:40:38
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.91 MB
Ko'rishlar soni
419 marta
Ko'chirishlar soni
55 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:22
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
15 Dec 2022 [ 06:40 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.91 MB
Ko'rishlar soni
419 marta
Ko'chirishlar soni
55 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:22 ]
Arxiv ichida: pptx