Adabiyot fanidan Alisher Navoiy hayoti va ijodi 1 soatlik multimediali dars

Adabiyot fanidan Alisher Navoiy hayoti va ijodi 1 soatlik multimediali dars

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Adabiyot fanidan Alisher Navoiy hayoti va ijodi 1 soatlik multimediali dars - rasmi

Material tavsifi

Alisher Navoiy hayoti va ijodi mavzusida 1 soatlik multimedia dars ishlanmasi

Alisher Navoiy hayoti va ijodi mavzusida 1 soatlik multimedia darsi Mir Alisher Navoiy (1441-1501) Turk nazmida chu men tortib alam, Ayladim ul mamlakatni yakqalam Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug'ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o'tkazgan. Navoiyning otasi G'iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo'lgan. She'r zavqi va iste'dodi erta uyg'ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste'dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e'tirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta'lim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo'lgan. Navoiy 1469-yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o'tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480-1500 yillar mobaynida o'z mablag'lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yo'lovchilar to'xtab o'tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko'prik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni beradi. Unga ko'ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi. Alisher Navoiy serqirra ijodkor Tilshunos Davlat arbobi Tarixchi va iqtisodchi Dinshunos Ko'p tilli ijodkor Shoir Adabiyotshunos Tilshunoslikka oid asarlari Muhokamatul-lug'atayn Adabiyotshunoslikka oid asarlari Mezonul-avzon Majolisun-nafois Mufradot Boshqa tillardagi asarlari Devoni Foniy Sittai zaruriya Fusuli arbaa Aynul-hayot Tuhfatul-afkor Diniy asarlari Lisonut-tayr Nasoyimul-muhabbat Tarixi anbiyo va hukamo Arbain Munojot Lirik asarlari Ilk devon Badoyiul-bidoya Navodirun-nihoya Xazoyinul-maoniy Nazmul-javohir Nasrul-laoliy Tarix va iqtisodga doir asarlari Tarixi muluki ajam Tarixi anbiyo va hukamo Vaqfiya Ruhul-quds Sab'atul-abhur Nasriy asarlari Mahbubul-qulub Hamsatul-mutahayyirin ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 151.89 KB
Ko'rishlar soni 267 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:27 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 151.89 KB
Ko'rishlar soni 267 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga