11-sinf Huquq fanidan Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar dars taqdimot

11-sinf Huquq fanidan Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Huquq fanidan Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining VII bobi «Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar», IX bobi esa «O'zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar» deb nomlanadi. O'zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlarga davlatga xoinlik qilish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, josuslik, qo'poruvchilik, davlat sirlarini oshkor qilish, davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo'qotish kabilar kiradi. Jinoyat obyekti O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hayoti, sog'lig'i, sha'ni va qadr-qimmatidir. Prezidentni ko'pchilik oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish haqorat yoki tuhmat xususiyatiga ega bo'lgan harakatlar sodir etilgan paytdan e'tiboran tugallangan jinoyat deb hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «konstitutsiyaviy tuzum» atamasining qo'llanilishi zamonaviy konstitutsiyaviy huquq fanida e'tirof etilgan ushbu termindan aksariyat davlatlarda keng foydalanilayotganligi bilan izohlanadi. Konstitutsiyaviy normalar asosida konstitutsiyaviy tuzum himoya qilinadi, ya'ni qonunlar orqali mustahkamlab qo'yilgan jamiyat hayotiga oid barcha ijtimoiy munosabatlar uzviylikda davom etadi. Konstitutsiyaviy tuzumga qaratilgan jinoiy harakatlar obyekti Respublikamizning konstitutsiyaviy tuzumi asoslari, davlat hokimiyati tuzilishi va faoliyatining tartibi hisoblanadi. Jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatni sodir etishdan maqsad O'zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini o'zgartirishdir. Jinoyat motivlari turlicha bo'lishi mumkin, ya'ni mavjud konstitutsiyaviy tuzumga, qonuniy saylab qo'yilgan davlat arboblariga nafrat bilan qarash va hokazo. Hokimiyatni bosib olish yoki O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini ag'darib tashlash uchun jinoiy guruh tuzilgan paytdan e'tiboran, jinoiy maqsadga erishishga qaratilgan harakat sodir etilgan yoki etilmaganidan qat'i nazar, fitna tugallangan jinoyat deb hisoblanadi. Berilgan moddada davlat uchun xavfli oqibatlar yuzaga kelishini bartaraf etish, ya'ni hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag'darib tashlashning oldini olish maqsadida fitna to'g'risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar berish rag'batlantiriladi. Josuslik, qo'poruvchilik, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.27 MB
Ko'rishlar soni 228 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.27 MB
Ko'rishlar soni 228 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga