8-sinf Kimyo fanidan Kimyoviy elementlarning tabiiy oilalari dars taqdimoti

8-sinf Kimyo fanidan Kimyoviy elementlarning tabiiy oilalari dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Kimyo fanidan Kimyoviy elementlarning tabiiy oilalari dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Kimyoviy elementlarning tabiiy oilalari Reja: Kimyoviy xossalari Ishqoriy metallar Galogenlarning birikmalari Vodorod, kislorod va suvning xossalarini o'rganish davomida bir xil xossalarni namoyon qiluvchi elementlar bilan tanishgan edik. Masalan, natriy va kaliy metallari: yumshoq, suvdan yengil, kislorod va suv bilan odatdagi sharoitda shiddatli reaksiyaga kirishadi, natijada bir valentli birikmalarni hosil qiladi: 2Na + O2= Na2O2 2K + O2= K2O2 2Na + 2H2O = 2NaOH + H2 2K + 2H2O = 2KOH + H2 Natriy Kaliy Shuningdek, Li, Rb, Cs va Fr metallari ham o'z xossalari jihatidan Na va K metallariga o'xshash. Bu metallar bir oilani, ya'ni ishqoriy metallar oilasini tashkil qiladi Ishqoriy metallar quyidagi umumiy xossalarga ega: 1. Ishqoriy metallar barcha birikmalarida bir valentli. 2. Ishqoriy metallarning gidroksidlari ishqorlardir, ular suvda yaxshi eriydi. 3. Ishqoriy metallarning atom massalari ortib borishi bilan fizik va kimyoviy xossalari davriy ravishda o'zgarib boradi. Xlor Cl, ftor F, brom Br va yod I o'xshash elementlar hisoblanib, galogenlar oilasini tashkil qiladi ftor brom yod Xlor vodorod hamda metallar bilan reaksiyaga kirishib, bir valentli birikmalar hosil qiladi. H2 + Cl2 = 2HCl, 2Na + Cl2 = 2NaCl. Ftor, brom va yod ham xlor kabi xossalarga ega. Galogenlarning vodorodli birikmalari uchuvchan gaz moddalari bo'lib, suvda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmalari esa kislotalardir. Galogenlarning xossalari atom massalari ortib borishi bilan davriy ravishda o'zgarib boradi. galogenlarning fizik xossalarini, atom massalari bilan bog'liqlik tomonlarini tushuntirishga harakat qiling. Galogenlar quyidagi umumiy xossalarga ega: Vodorod bilan uchuvchan gidridlar hosil qiladi. Galogenlar gidridlarining suvdagi eritmasi kislotalardir. Galogenlar gidridlarda, metallar bilan hosil qilgan tuzlarda bir valentlidir. Galogenlarning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.07 MB
Ko'rishlar soni 653 marta
Ko'chirishlar soni 139 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.07 MB
Ko'rishlar soni 653 marta
Ko'chirishlar soni 139 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga