11-sinf Huquq fanidan Jinoiy javobgarlik va jazo tizimi dars taqdimoti

11-sinf Huquq fanidan Jinoiy javobgarlik va jazo tizimi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Huquq fanidan Jinoiy javobgarlik va jazo tizimi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Jinoiy javobgarlik va jazo tizimi Jinoyatni har doim aniq jismoniy shaxslar sodir etadi. Shuning uchun ham jinoyat sodir etgan shaxs jinoyatning subyekti deb tan olinadi. Jinoyatga oid qonunlarda subyektga nisbatan aybdor, mahkum, jinoyat sodir etgan shaxs, jinoyat sodir etishda aybdor bo'lgan shaxs kabi tushunchalar ishlatiladi. Yuridik shaxslar, ya'ni tashkilotlar, korxonalar, muassasalar va jamoat birlashmalari jinoyat subyekti bo'la olmaydi. Jinoyat subyektining aqli raso bo'lishi shart, ya'ni u o'z harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan bo'lishi va ularni boshqara olishi shart. Aqli rasolik ayb va jinoiy javobgarlikning zaruriy shartidir. Faqat o'z harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxslar, aybdorni tuzatish maqsadida, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Shaxsning qonun bilan belgilangan jinoiy javobgarlik yoshiga yetganligi jinoyat subyektining zaruriy belgilaridan biri hisoblanadi. Qonunda yosh chegarasi aniq tartibga solinganligi jinoyat sodir etgan shaxsning yoshini (kun, oy, tug'ilgan yilini) to'g'ri belgilash zaruratini tug'diradi. Bu zarurat Jinoyat-protsessual kodeksining 314-moddasida qayd etilgan. Jinoyat kodeksida mustahkamlangan fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi konstitutsiyaviy prinsipning takrori bo'lmay, balki uning joriy etilishidir. Jinoyat kodeksiga binoan ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi. Jinoyat qonunida to'rt turdagi jinoyat ishtirokchilari farqlanadi: bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchi. Mazkur turlarni ajratish asosiga obyektiv mezon qo'yilgan bo'lib, u har bir ishtirokchining jinoyat sodir etishda ishtirok etish darajasi va xususiyati bilan bog'liq. Yoshi yoki aqli norasoligi tufayli jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo'lmagan yoki ehtiyotsizlik yoxud aybsiz harakat qilgan shaxslarni qasddan jinoyat sodir etishga jalb etgan shaxs sodir etilgan jinoyatning ishtirokchisi deb tan olinadi. Jinoyat sodir etishda rahbarlik ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.54 MB
Ko'rishlar soni 232 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.54 MB
Ko'rishlar soni 232 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga