Fuqarolik huquqi asoslari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek: ―Inson huquqlari va demokratiya O'zbekistonning milliy va davlat manfaatlariga, xalqning erksevar milliy tafakkur tarzi va ruhiyatiga to'la mos keladi. Fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari va tizimi Fuqarolik huquqi-huquqiy munosabatlar subyektlari o'rtasida tenglik, xohish-iroda muxtoriyligi va mulkiy mustaqillik asoslarida yuzaga keladigan mulkiy munosabatlar hamda ular bilan bog'liq bo'lgan yohud bog'liq bo'lmagan shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar: 1. Mulkiy munosabatlar. Mulkning muayyan shaxslarga tegishliligi yoki mulkning bir shaxsdan boshqasiga o'tishi yoxud ishlarni bajarish, xizmat ko'rsatish bilan bog'liq munosabatlar. 2. Shaxsiy huquqiy munosabatlar. Nomulkiy xarakterga ega bo'lgan, mulk, qiymat, ekvivalent bilan bog'liq bo'lmagan, shaxslardan boshqa shaxslarga o'tkazib va berib bo'lmaydigan munosabatlar. Fuqarolik-huquqiy layoqati. Fuqarolik huquq va majburiyatlarga ega bo'lish layoqatiga fuqarolik-huquqiy layoqati deyiladi. Bu layoqat inson tug'ilgan paytdan vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi. Fuqarolik muomala layoqati. Fuqaroning o'z harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini egallash va amalga oshirish, o'zi uchun fuqarolik majburiyatlarini yaratish va ularni bajarish layoqatiga fuqarolik muomala layoqati deyiladi. Bu layoqat inson balog'at yoshiga to'lgandan keyin, ya'ni o'n sakkiz yoshga to'lgandan keyin to'la hajmda vujudga keladi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga ko'ra muomala layoqatining quyidagi turlari belgilanadi: 1. to'la hajmdagi muomala layoqati; 2. balog'at yoshiga yetmaganlar muomala layoqati; 3. kichik yoshdagi bolalar layoqati. Emansipatsiya -fuqaroning o'n sakkiz yoshga etmasdan to'la muomala layoqatiga ega bo'lishidir. U fuqaro 16 yoshga to'lgan kundan boshlanadi. Fuqaroning muomalaga layoqatsiz deb topilishi. Fuqarolik kodeksining 30-moddasiga binoan quyidagi hollarda bunga yo'l qo'yiladi: ruhiy kasalligi yoki aqliy zaifligi oqibatida o'zini boshqara olmaydigan va o'z ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 12:41:44
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.03 MB
Ko'rishlar soni
242 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 12:41 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.03 MB
Ko'rishlar soni
242 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:03 ]
Arxiv ichida: pptx