11-sinf Huquq fanidan Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar dars taqdimot

11-sinf Huquq fanidan Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Huquq fanidan Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar Ushbu jinoyatning obyekti voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarning manfaatlari, ya'ni ularning sog'lig'i, normal jismoniy rivojlanishi uchun sudning hal qiluv qarori yoki buyrug'iga muvofiq mablag' olish huquqiga ega shaxslarning moddiy ta'minoti hisoblanadi. Jinoyat sudning hal qiluv qarori yoki buyrug'iga muvofiq moddiy yordamga muhtoj bo'lgan voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz shaxslarni boqish uchun undiriladigan mablag'larni jami ikki oydan ortiq muddat mobaynida to'lamaslikda ifodalanadi. Sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki buyrug'iga binoan moddiy yordamga muhtoj bo'lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni boqish uchun undirilishi lozim bo'lgan mablag' jami ikki oy mobaynida to'lanmagan taqdirda jinoyat tugallangan deb hisoblanadi. Mazkur jinoyatning subyekti sudning hal qiluv qarori yoki buyrug'iga binoan moddiy yordamga muhtoj voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlash vazifasi zimmasiga yuklangan 18 yoshga to'lgan, aqli raso har qanday shaxs (ota-onalar, farzandlikka oluvchilar) bo'lishi mumkin. Shaxsni ota-onalik huquqidan mahrum qilish alimentlarni to'lashdan ozod etmaydi. Ota-onani moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash Sudning hal qiluv qaroriga binoan mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo'lgan ota-onani yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta'minlash uchun undiriladigan mablag'ning voyaga yetgan shaxslar tomonidan jami ikki oydan ortiq muddat mobaynida to'lanmasligida ifodalanadi. Jinoyat to'g'ri qasd bilan sodir etiladi. Jinoyatning sodir etilish motivi va ko'zlangan maqsad uni kvalifikatsiya qilishda ahamiyat kasb etmaydi. Jinoyatning subyekti sudning hal qiluv qaroriga binoan ota-onalarini yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta'minlash majburiyati yuklangan voyaga yetgan tug'ishgan farzandlar, farzandlikka olingan o'g'il va qizlar, o'gay o'g'il va qizlar bo'lishi mumkin. Bu jinoyatning obyekti voyaga yetmagan shaxsning normal, axloqiy rivojlanishi, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.7 MB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.7 MB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga