Dars: Tarbiyaviy soat Dars mavzusi: Vatanni anglash. Dars rejasi va vaqt taqsimoti Darsning borishi: tashkiliy qism. Chet tillarni o'rganish qarori asosida o'quvchilar ingliz tilida salomlashib, hafta kunlarini aytadilar. Sinfimizda navbatchi: Menman bugun navbatchi, ta o'quvchi Darsga tayyor hammasi, A'lo o'qir barchasi. O'qituvchi: Bugungi sana: O'quvchi: Bugun 2016-yil Sog'lom ona va bola yilining kunini. (Sinf xonasi 2016-yil Sog'lom ona va bola yiliga bag'ishlab bezatilgan). Dars Muhammad Yusufning Vatan haqidagi she'r bilan boshlanadi. O'qituvchi: Aziz o'quvchilar, Vatanni anglash uchun uni chin yurakdan sevish, ona yurt tarixi, uning bugungi taraqqiyoti, odamlari, tabiati haqida ko'p narsalarni bilish lozim. Vatanning aniq bir hudud bilan bog'liq ekanini tan olmaydigan, Biz uchun butun yer yuzi - vatan, deb yashaydigan odamlar ilm-fanda kosmopolitlar deb ataladi.Bunday zotlar aslida vatansizlik g'oyasini targ'ib qiladi.Bu g'oya zararlidir. Ilm-fanda yana bir tushuncha - o'troq hayot degan ibora bo'lib, u Vatan tushunchasi bilan bog'liqdir. O'troq hayot bir joyda ildiz otib, aynan shu tuproqqa mehr qo'yib yashashni bildiradi.O'troq xalqlar dunyo madaniyati rivojiga katta hissa qo'shgan. Bizning xalqimiz qadim zamonlardan buyon o'troq hayot kechirib kelayotgan dunyodagi eng qadimiy xalqlardan biridir. Biz Vatanni qanday his qilamiz? o'yini. Sulton Alining musiqasi yangraydi. Guruhlarga 5 daqiqadan vaqt beriladi va istagan rasmingizni chizing deb oq listlardan o'quvchi soniga teng tarqatiladi. Katta oq listga VATAN so'zi yozilib doskaning o'rtasiga yopishtiriladi va o'quvchilar chizgan rasmlar birin ketin nomi aytilib doskaga yopishtiriladi . Izoh beriladi.Siz chizgan barcha rasmlar bizning ona vatanimizda mavjud bo'lib, uning o'zagini tashkil qiladi.Ikkala guruh o'quvchilari o'zi chizgan rasmlarining vatan bilan bog'liqligini izohlab beradi. Bolalar qumda yoki tuproqda o'ynayotganida loy ...

Joylangan
05 Jan 2023 | 15:32:34
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.24 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jan 2023 [ 15:32 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.24 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:11 ]
Arxiv ichida: docx