47-maktabning biologiya fani o'qituvchisi Lukchayeva Sabohatning Jins genetikasi mavzusida tayyorlagan DARS ISHLANMASI Jins irsiy axborotning avlodlarga berilishi va nasl qoldirishni ta'minlaydigan hamda erkak va urg'ochi organizmlarni farqlash imkonini beradigan belgi va tuzilmalar majmuyidir. Tirik organizmlarda ikki xil jins: urg'ochi va erkak jins farq qilinadi. Organik olam evolutsiyasining ma'lum bosqichida yer yuzida ayrim jinsli organizmlar paydo bo'lgan. Hayvonlarda jinsning belgilari morfologik, fi ziologik, biokimyoviy xususiyatlari, murakkab xattiharakatlari orqali namoyon bo'ladi. Jinsiy belgilar birlamchi va ikkilamchi bo'ladi. Birlamchi jinsiy belgilarni jinsiy organlar sistemasi ifoda etadi, ular gametalar hosil bo'lishi va urug'lanishni ta'minlaydi. Ikkilamchi jinsiy belgilar gormonlar ta'sirida voyaga yetgan davrda rivojlanadi va hayot davomida saqlanadi. Masalan, qushlar va sutemizuvchi hayvonlarning erkagi gavdasining yirikligi, chiroyli bo'lishi, odamlarda esa erkaklarda soqol-mo'ylovning bo'lishi, ovozning yo'g'on bo'lishi. Erkak va urg'ochi organizmlarning tash qi ko'rinishidagi farq jinsiy dimorfi zm deyiladi. Jinsiy dimorfi zm ko'pgi na hayvonlarda, odamda yaqqol ko'zga tashlanadi. Odam, hayvon va о'simliklarda jinslarning nisbati bir xil 1:1 bо'ladi. Jins ko'pincha urug'lanish jarayonida ma'lum bo'ladi. Jinsni aniqlashda kariotip asosiy rol o'ynaydi. Har bir organizmning kariotipi har ikkala jinsda bir xil bo'lgan xromosomalar - autosomalar, erkak va urg'ochi jinslarni bir-biridan farq qilishini ta'minlaydigan xromosomalar - jinsiy xromosomalardan iborat. Masalan, drozofi la pashshasining kariotipi 6 ta autosoma va ikkita jinsiy xromasomadan iborat. Kariotipi bir xil jinsiy xromosomalarga ega, bir xil gametalar hosil qiladigan jins gomogametali jins deyiladi. Kariotipi har xil jinsiy xromosomalarga ega, har xil gametalar hosil qiladigan jins geterogametali jins deyiladi Odam, sutemizuvchilar, ayrim hasharotlarning urg'ochilari gomogametali, erkaklari geterogametali bo'ladi. Qushlar, sudralib yuruvchilar va ayrim hasharotlarda esa ...

Joylangan
20 Jan 2023 | 14:22:21
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
823.46 KB
Ko'rishlar soni
314 marta
Ko'chirishlar soni
69 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:02
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
20 Jan 2023 [ 14:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
823.46 KB
Ko'rishlar soni
314 marta
Ko'chirishlar soni
69 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:02 ]
Arxiv ichida: pptx