Reja: I Uglevodlarga umumiy ta'rif II Monosaxaridlar II Ularning olinishi IV Fizik va Kimyoviy xossalari Tabiatda organik birikmalarning shunday katta bir guruhi mavjudki, ularning tarkibida uglerod atomi bilan suv ma'lum bir nisbatda bo'ladi, ya'ni Cn(H2O)m. Bular oksialdegidlar yoki oksiketonlarga o'z xususiyatlari bilan yaqin turadilar. Uglevodlar 2 katta guruhga bo'linadilar: 1) monosaxaridlar (monozlar) va 2) polisaxaridlar (poliozlar). Polisaxaridlar o'z navbatida ikkiga - shakarsimon (oligosaxaridlar) va shakarga o'xshamagan polisaxaridalrga bo'linadi. Monosaxaridlar (monozlar) Monozlar uglevodlarning eng oddiy vakillarihisoblanadi. Tabiatda ikki xil monozlar keng tarqalgan: pentozalar - C5H10O5 va geksozalar - C6H12O6. Monozlar oksialdegid (aldozalar) va oksiketonlar (ketozalar) ko'rinishida mavjud bo'ladilar. Geksozalarning tabiatda ikki turi - glyukoza va fruktoza keng tarqalgan. Glyukoza oksialdegid, fruktoza esa oksiketon hisoblanadi. Monozlarning tuzilishi. Glyukoza va fruktoza tuzilishini quyidagi reaksiyalar yordamida isbotlangan: Glyukoza va fruktoza vodorod yodid bilan qaytarilganda 2-yodgeksan hosil bo'ladi: Bu glyukoza va fruktoza molekulasining to'g'ri zanjir hosil qilib tuzilganligini ko'rsatadi. 2. Glyukoza oksidlanganda glyukon kislotani hosil qiladi: Bu reaksiya glyukozaning tuzilishida aldegid guruhini borligini isbotlaydi. Fruktoza oksidlanganda vino va shavel kislotalar aralashmasi hosil bo'ladi: Bu fruktozaning tuzilishida keton guruhi borligini isbotlaydi. Glyukoza va fruktoza 5 molekula sirka angidridi bilan ta'sir etib pentatsetil fruktozani va pentatsetil glyukozani hosil qiladi. Bu ularning molekulasida 5 ta gidroqsil guruhi borligidan dalolat beradi. Yuqoridagilarga asoslanib, glyukoza va fruktoza uchun quyidagi tuzilish formulalarini yozish mumkin: Yuqoridagi formulalarga ko'ra, glyukoza va fruktoza aldegid va ketonlar xossalarini takrorlashlari kerak edi, lekin ular aldegid ketonlar uchun xos bo'lgan ko'pchilik reaksiyalarga kirishmaydilar. Masalan, glyukoza va fruktoza NaHSO3, fuksinsulfit kislota bilan reaksiyaga kirishmaydi. glyukoza va fruktozadagi 5 ...

Joylangan
20 Jan 2023 | 14:22:21
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.55 MB
Ko'rishlar soni
435 marta
Ko'chirishlar soni
61 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
20 Jan 2023 [ 14:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.55 MB
Ko'rishlar soni
435 marta
Ko'chirishlar soni
61 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:24 ]
Arxiv ichida: pptx