VITAMINLAR VA ULARNING AHAMIYATI Darsning rejasi 1.Vitaminlar va ularning o'rganilishi. 2.Vitaminlarning inson organizmidagi o'rni. 3.Oziq moddalarda vitaminlarni saqlanishi. Mualliflar: Buxoro viloyati Vobkent tumani 24 - maktabning 1 - toifali kimyo - biologiya fani o'qituvchilari Shexov Rahmatullo Rahimovich va Kenjayeva Dilovar Niyozovna Vitaminlar (lot. Vita - hayot va amin, hayot aminlari) - tirik organizmda juda muhim biokimyoviy va fiziologik funksiyalarni bajaradigan yuqori molekulali birikmalar. Vitaminlar lotin alifbosidagi А, В, C, D, E va boshqa bosh harflar orqali ifodalanadi. Vitaminlar biologik faol moddalar bo'lib, organizmda moddalar almashinuvida qatnashadi. Rus olimi Nikolay Ivanovich Lunin (1853-1938) 1880-yilda himoya qilgan doktorlik dissertatsiyasida vitaminlar hayvonlar organizmi uchun muhim modda ekanligini birinchi bo'lib isbotladi. Polyak olimi Kazimej Funk 1912 yili fanga Vinaminlar atamasini kiritgan. Organizmda vitamin yetishmasligi avitaminoz deyiladi. Vitaminlar organizmda sodir bo'ladigan reaksiyalarni kuchaytiradi va oziq kimyoviy moddalar o'zlashtirilishiga ta'sir ko'rsatadi. Fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini ta'minlaydi. Organizmda vitamin yetishmaganida moddalar almashinuvi izdan chiqib, odamning mehnat qobiliyati, yuqumli kasalliklarga chidamliligi pasayadi. Vitaminlar organizmga juda kam miqdorda kerak. Ular organizmda sintezlanmaydi juda organizmi kam sintezlanadi. vitaminlarni, asosan, o'simlik va yoki Odam hayvon mahsulotlaridan oladi. Organizmda ayrim vitaminlaming hosil bo'liishida ichakda yashovchi mikroorganizmlar katta ahamiyatga ega. O'simliklarda vitamin hosil qiluvchi moddalar - provitaminlar (masalan, karotinoidlar) bor. Odam va hayvonlar organizmida ulardan vitaminlar hosil bo'ladi. A vitamini « retinol» deb ham yuritiladi. Ushbu vitamin yog'da eriydi, chunki uning oshqozon va ichaklar tomonidan o'zlashtirilishi uchun yog' hamda mineral moddalar zarur. Ilk vitaminlardan biri sifatida kashf etilgan. Ushbu aralashma A harfi bilan belgilangan. A vitamini, asosan, baliq yog'i: ...

Joylangan
20 Jan 2023 | 14:22:21
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.48 MB
Ko'rishlar soni
820 marta
Ko'chirishlar soni
164 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
20 Jan 2023 [ 14:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.48 MB
Ko'rishlar soni
820 marta
Ko'chirishlar soni
164 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: pptx