8-sinf Tarbiya fanidan Tejamkorlik yaxshi fazilat dars taqdimoti

8-sinf Tarbiya fanidan Tejamkorlik yaxshi fazilat dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Tarbiya fanidan Tejamkorlik yaxshi fazilat dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

27-28-MAVZU: TEJAMKORLIK - YAXSHI FAZILAT Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar (MS) 1. Nimani qanday tejash kerak? 2. Ehtiyojlarimiz cheksiz, imkoniyatimiz cheklangan deganda nimani tushunasiz? 3. Vaqtni, tabiiy resurslarni, salomatlikni qanday tejash mumkin? Nimalarni tejab ishlatishni taklif qilasiz? 4. Nimani tejamaslik lozim? Masalan, vaqtni nimadan tejamaslik kerak? Salomatlikni qanday asrasa bo'ladi? So'zni tejash shartmi? O'ylab ko'ring va o'z munosabatingizni bildiring. Taniqli adib Mark Tven bo'sh vaqtida biror nima ixtiro qilishga qiziqqan. U 1872-yildan boshlab 57 turdagi albom va bloknotlarni patentlab, 50 00 AQSH dollari foyda ko'rgan. Tadbirkor Jon Shnatter pitsa ishqibozi edi. Bo'sh vaqtlarida turli pitsalar tayyorlagan. 1987-yildan u o'zini batamom shu qiziqishiga bag'ishlaydi va shu tariqa ≪Papa Johns≫ tamaddixonasi paydo bo'ldi. Ayni kunda dunyoning 37 mamlakatida 4700 dan ziyod ≪Papa Johns≫ shoxobchalari bor. Mulohaza uchun Bir ushoq hikmati (Ahli donishlar rivoyatidan chiqarilgan foydali xulosa) Qaqragan cho'l-u biyobon. Karvon o'z yo'lida sekin harakatlanmoqda. Sarbon tuyaning ustida tanovul qilib ketyapti. Nogahon, og'zidan nonning bir ushog'i yerga tushib ketdi. Sarbon amri ila barcha uni izlashga tushdi, lekin topa olishmadi. Shunda sarbon o'sha non ushog'i tushgan joyga bir bino qurdirib, uning devoriga quyidagi so'zlarni yozdirib qo'ydi: ≪Bu yerga rizq tushgan, unga hurmat bildiringlar≫. Shu-shu, har bir karvon bu yerdan o'tayotib, bir daqiqa to'xtar, kishilar o'zlarining o'tgan umrlariga nazar tashlab, rizq-nasiba deb atalmish ilohiy ne'mat ularga qayerdan ato etilishini mushohada etishar ekan. Qissadan hissa: Har kim bu dunyoda o'z rizqini terib yuradi. Kimningdir nasibasi shaharda sochilgan, kimningdir rizqi egasini cho'lu biyobonda kutib yotibdi, yana kimga atalgani ummon tagida Bejiz, ≪Karvon ko'p, rizqi bo'lak≫, deya ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.7 MB
Ko'rishlar soni 1390 marta
Ko'chirishlar soni 381 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:23 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.7 MB
Ko'rishlar soni 1390 marta
Ko'chirishlar soni 381 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga