T A R B I Y A fanidan QAT'IY FE'L-ATVORNING MUHIMLIGI MAVZUSIDAGI 8D - SINF ISHTIROKIDAGI OCHIQ DARSIGA XUSH KELIBSIZ Mavzu: Qat'iy fel-atvorning muhimligi Reja. 1. Fe'l-atvor tushunchasi. 2. Maqsadga erishishda qat'iy fe'l-atvorning muhimligi. 3. Inson baxti va fe'l-atvor. Rejalaringiz ketma-ketligini ishlab chiqing. Bunda quyidagi chizmadan foydalaning. Fe'l-atvor tushunchasi. Fe'l-atvor, xarakter - shaxsning atrof muhitga va o'ziga munosabatida namoyon bo'ladigan individual munosabati. Har bir kishining fe'l-atvorida uning bosib o'tgan hayot yo'li aks etadi. Kishining fe'l-atvorini bilib, ma'lum vaziyatda o'zini qanday tutishini oldindan ko'rish va uning xatti-harakatini to'g'ri yo'naltirish mumkin. Fe'l-atvor xususiyatlarining 4 ta tizimi bor: Ayrim insonga, guruhga jamoaga nisbatan munosabatlarni ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik qilish, talabchanlik qilish). Mehnat faoliyatiga nisbatan aks ettiruvchi xususiyatlar (mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mehnatga mas'uliyat yoki mas'uliyatsizlik bilan munosabatda bo'lish). Narsa va ashyolarga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (ozodalik yoki ifloslik, narsalarni ayash yoki ularga ehtiyotsizlik bilan yondashish) Insonning o'z-oziga nisbatan munosabatini ifodalovchi xususiyatlar (shuhratparastlik, dimog'dorlik, kamtarlik). Fe'l-atvorning xususiyatlari tug'ma va o'zgarmaydigan xususiyatlar emas, u insonning turmush sharoitiga bog'liq holda tarkib topib, o'zgarib boradi, takomillashadi. Fe'l-atvorning shakllanishida bir necha turli ruhiy ta'sirlar mavjud bo'lib, ularning ichida odat muhim ahamiyat kasb etadi. Fe'l-atvor umumbashariy sifatlar bilan cheklanib qolmasdan, milliy va etnopsixologik xususiyatlarga ham ega. Masalan, O'zbek millatining o'ziga xos milliy fe'l-atvor xislatlari mavjud. (Mehmondo'stlik) Fe'l-atvor sifatlari turmush jarayonida tarbiya, mehnat va ijtimoiy sharoit ta'siri bilan ma'lum darajada o'zgaradi. Uni yaxshi tomonga o'zgartirisgda axloqning ijtimoiy me'yorlarini o'zlashtirish, o'z-o'zini tarbiyalash ham kata hamiyatga ega. Fe'l-atvorning shakllanishida ijtimoiy muhit va tarbiyaning ta'siri ayniqsa kuchli. Maqsadga erishishda qat'iy fe'l-atvorning muhimligi. Maqsadga qanday ...

Joylangan
20 Jan 2023 | 21:25:30
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
8.47 MB
Ko'rishlar soni
535 marta
Ko'chirishlar soni
245 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:23
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
20 Jan 2023 [ 21:25 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
8.47 MB
Ko'rishlar soni
535 marta
Ko'chirishlar soni
245 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:23 ]
Arxiv ichida: pptx, docx